about persons photo

10 ta eng qimmat mahsulotlar haqida bilasizmi?

February 05, 2021
+224 ko'p
2

Bugun biz sizlarga aqil bovar qilmas eng qimmat mahsulotlar haqida aytib o'tamiz.

 

1. Havorang "Tunets" baliq - bu baliqning bir kilosi 8000 dollargacha sotiladi. Eng tez baliqlardan biri hisoblanadi. Eng qimmat Tunets balig'i Yaponiyada kim oshdi savdosi orqali sotilgan - 222 kiloli baliq 1 mln 800 ming dollarga sotilgan.

 

2. Zafaron o'simligi yoki Shafran - bu ziravorning bir kilosi 10 ming dollargacha borishi mumkin. Aynan tozasi va Eron zafaroni qimmatbaho hisoblanadi. Qimmatligi shundaki zafaron qo'l yordamida har bir gul donasidan 3-4 donadan changchi yig'iladi xolos. Bir gramm zafaron bir necha qozon palovga rang beradi, yuz terisini yoshartiradi, odamni tinchlantirishga yordam beradi.

 

3. Gavayi ichimlik suvi - bugungi kunda dunyodagi eng qimmat suv hisoblanadi. 750 ml uchun 400 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Bu suv yer planetsaining eng toza ekologik joyida yani Gavayi qirg'oqlaridagi 600 metr chuqurlikdan olinadi. Ortiqcha vazn tashlashga yordam beradi va minerallarga boy.

 

4. Tryufel yoki yer qo'ziqorin - bir kilo tryufel Evropada 8000-10000 dollargacha baholanadi. Oq va qora tryufel mavjud bo'lip Evropaning ayrim o'rmonlarida o'sadi xolos. Uni maxsus o'rgatilgan cho'chqa yoki itlar yordamida yerdan 30 sm chuqurlikdan qazib olish mumkin.

 

5. Olmos ikrasi - Mazkur ikraning bir kilosi uchun 12 ming dollar to'lashga to'g'ri keladi. Bu baliq tuxumlarining qimmatligi shundaki: Birinchidan Beruga balig'i noyob suv hayvoni va qizil kitobga kiritilgan. Ikkinchidan ularning qo'shilishini 28 yil kutish kerak. Ustiga-ustak albinos bo'lgan beruga tuxumlari kerak, shu sababli ham ularning ikralari qimmat.

 

6. Qora tarvuz - bir donasi 6000 dollargacha baholanadi. Ularni Yaponiyaning maxsus teplitsalarida o'stirishadi. Yiliga 10 ming dona tarvuz xosilini yig'ib olishadi xolos. Aslida uning rangi to'q qorayashil. Tarvuz o'zining shirinli mazavsi va hidi bilan boshqa tarvuzlardan ajralib turadi.

 

7. Musang kofesi - Bu kofening bir kilosi uchun 1500 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Bu qimmat kofeni noodatiy yo'l orqali Malayziyada yig'ib olinadi. Musang deb nomlangan hayvonlar eng pishgan va shirin kofe donalarini istemol qilishadi. Keyin odamlar ularni idishlarda yig'ib olishadi. So'ng tozalab eng qimmat kofeni sotuvga chiqarishadi.

 

8. La Bonnotte kartoshkasi - kartoshka navlari ichida eng qimmati aynan shunisi hisoblanadi. Bir kilosi uchun 800 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Yer yuzida bundan qimmat kartoshkani uchratmaysiz. Uni Fransiya orollarining birida yetishtirishadi. Asosan qimmat restoranlarda po'stlog'i bilan pishirishadi. Ta'mi shirali mazasi esa limon va yong'oqni eslatadi.

 

9. Yubari qovuni - mazkur qovunning o'rtacha narxi 12 ming dollarni tashkil etadi. Eng qimmat Yubari qovuni esa 26 ming dollarga sotilgan. Mazkur qovunni Yaponiya biologlari 2 xil muskus qovunlarini chatishtirib chiqarishgan. Hozirda Yubari qovuni faqatgina Yaponiyada yetishtiriladi. Uning mazasini tariflashga til ojiz.

 

10. Vagyu marmar go'shti - yana o'sha Yaponiya. Bu go'shtning bir kilosi 800 dollargacha borishi mumkin. Vagyuni Yaponiyadagi maxsus sigir zotlaridan yetishtirib olishadi. Marmar go'shtining yog'i ko'pligi tufayli past olovda ham pishirsa bo'ladi. Sersuv go'sht esa og'izda tezda erib ketadi.