about persons photo

Аsalari oilasi kuchini ekinlar gulini changlatishga jalb etish

November 05, 2020
+537 ko'p
1
Ekinlarni asalarilar yordamida changlatish va hosildorligini oshirishning quyidagi usullari mavjud:

1. Asalarilarning xohlagan o‘simlikka borishini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan usullardan biri bu ularni o‘rgatishdir, ya’ni ularda ma’lum bir o‘simlikka borish refleksini shakllantirish. Buning uchun tayyorlangan siropga (1 qism qand, 2 qism suv) belgilangan o‘simlikning changidan olingan gulini solish kerak va tun bo‘yi shu siropda qoldirish kerak. Ertalab asalarilar hali uchib chiqmaslaridan oldin, har oilaga 200 g hisobida shu siropdan oxurlarga quyiladi.

2. Asalarilarni ma’lum bir joydan asal yig‘ishga o‘rgatish. Kechqurun oxurga tayyorlangan ivitma quyiladi, ertalab qolgan ivitma bilan ichidagi asalarilar changlatish uchun belgilangan maydon o‘rtasiga ustiga doka yopib olib borib qo‘yiladi va yana ivitma quyiladi. Asalarilar oxurdan o‘z uyalariga qaytib kelganida u yerdagilarga oxurning turgan joyi qayerdaligini «aytadilar». Bu ivitma bilan bir necha kun uyada ham oziqlantirib turilsa, asalarilar o‘rgatilgan joyga boradigan bo‘ladilar.

3. Qiziqarli usullardan biri – chang ushlab qoladigan asbob bilan asalarilarning changini tortib olish. Bunday vaqtda asalarilar yana chang yig‘ishga ketadi.

4. Changlanuvchi ekinning maydon birligida asalarilar sonining ko‘p bo‘lishi.

5. Asalarilarda o‘simliklarga qatnash uchun turg‘un refleks hosil qilish.

6. Changlatuvchi asalarilardan foydalanishning optimal muddatlarini ishlab chiqish. Bunda o‘simliklarning biologik va fziologik xususiyatlari, ularni o‘stirish texnikasi, o‘sish mavsumi, harorat faktori va hokazolar hisobga olinadi.

7. Changlatuvchi asalari oilalari joyini har 5–7 kunda almashtirib turish.

Asalari bilan changlatishda eng asosiysi bu bir gektardagi o‘simlikni changlatish uchun kerak bo‘ladigan asalari oilasining sonidir.

Qishloq ho‘jalik ekinlarini asalarilar yordamida changlatish uchun zarur bo‘ladigan asalari oilalari soni (1 gektar yer maydoni hisobida)

O‘simliklar turi Changlatish uchun zarur bo‘ladigan asalari oilalari soniasalarilar yordamida changlatilganidan so‘ng hosildorlikning oshishi, %1 Beda, kanop, yovvoyi beda 2–3 180–2002

G‘o‘za 2–4 30–353

Mevali daraxtzor 2–4 40–504

Poliz ekinlari 1 30–405

Sabzavot, uzumzor, perga va raps ekinlari 1–2 35–456

Dukkakli o‘simliklar 2 25–307

Kungaboqar 1 40–508

Qulupnay, maymunjon 4 20–259

Issiqxona sharoitida 1–2 40–50

Respublikamizda jami bo‘lib 143 mingta asalari oilasi bo‘lib, bu mavjud ekilayotgan 1,5 million gektar g‘o‘za maydonlarini, 540 ming gektar bedazor, 482 ming gektar bog‘, poliz, sabzavotni, 387 ming gektar makkajo‘xori va boshqa ekinlar gulini changlatishga yetmaydi. Ana shu maydondagi ekinlar gulini changlatish uchun qo‘shimcha ravishda yana 1,5–2 millionta asalari oilasini tashkil etishni talab qiladi.

Mutaxassis olimlarning fkricha, bir gektar bedazor gulini changlatish uchun 2–3 ta asalari oilasi kifoya ekan. 1 gektar g‘o‘za maydoni uchun 2–4 ta, mevazorlar uchun 2–4 ta, poliz ekinlari uchun 0,5–1 ta, sabzavot, uzumzor, perga, raps kabi ekinlar uchun 1–2 ta asalari oilasi talab qilinadi.

Hozirgi kunda mavjud asalari oilasi bilan faqatgina 200 ming gektardan ziyodroq g‘o‘za maydonlarini changlatish mumkin.

Asalari bir daqiqada o‘ndan ortiq, bir kunda esa 72 mingga yaqin g‘o‘za gulini changlatishga ko‘maklashadi. O‘z vaqtida yaxshi changlanish esa hosildorlikning oshishida katta ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, beda urug‘i hosilini oshirishda yaqqol seziladi.

Respublikamizda asalarichilikni rivojlantirishning va uni ozuqa bilan ta’minlashning yana bir yo‘li shuki, chorvachilik uchun takroriy ekiladigan ozuqabop ekinlardan hisoblangan kuzgi raps va perga kabi servitamin ekinlarni javdar o‘simligi bilan birga xo‘jaliklarda bo‘shab qolgan yerlarga ekishni tashkil etishdir. Bu ozuqabop ekinlar bahorda chorva mollari uchun juda to‘yimli, shirali ozuqa bo‘lishi bilan birga, asalarilarning bahorgi rivoji uchun ham juda yaxshi gulshira va gulchangi beruvchi o‘simliklardan hisoblanadi. Shuningdek, bug‘doydan bo‘shab qolgan yerlarga uch oylik kungaboqar o‘simligi navlarini ekish ham yoz oxirida asalari oilasini ko‘plab gulchangi va gul shirasi bilan ta’minlab, ularning rivojalanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!