about persons photo

Asalari oilasini boqishdagi asosiy talablar

October 12, 2020
+35 ko'p
6

Asalarilarning hayoti nihoyatda murakkab oilani tashkil etadi va har bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun oilada nasl beradigan ona ari, naslsiz urg‘ochi ari, ya’ni ishchi ari va erkak arilar (trutenlar) paydo bo‘lib, ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi va bu polimorfozm deyiladi. Polimorfozm, odatda, har bir individ oilada ma’lum bir vazifani bajarishidan kelib chiqadi, ya’ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning morfologik farqiga bog‘liq.

Arixonalarda yetishtirilib ko‘paytiriladigan kuchli asalari oilasida yoz mavsumining o‘rtalarida 60–70 ming, duragay zot ari oilasida 80–90 mingtagacha arisi bo‘ladi. Oilada ishchi arilarning soni ko‘p bo‘lishi evaziga ular qisqa vaqt, ya’ni 20–30 kun ichida keyingi yilgi sharbat tashish davrigacha yetadigan oziq to‘play oladilar. Ko‘p sonli arilar jamoa bo‘lib yashashi natijasida asalarilar qishki sovuq kunlarda uyalarida zarur muhitni, kerakli issiqni ushlab turadilar.

Oilaning kuchi arilar to‘liq qoplab olgan mumkatak inchali romlar soniga qarab aniqlanadi. Arilar 5–6 ta inchali romda bo‘lsa, bunday oila to‘la kuchli oila bo‘ladi.

Lichinkalar soni mumkatak inchali romlardagi usti berkitilgan lichinkalar soniga qarab aniqlanadi. Agar ona ari inchalarga bir tekisda tuxum qo‘yayotgan bo‘lsa, u holda sifatli, agarda inchalarga onda-sonda tuxum qo‘yayotgan bo‘lsa, sifatsiz ona ari bo‘ladi.

Oziqning miqdori mumkatak inchali romlardagi asalga qarab chamalab aniqlanadi. Katta hajmdagi 435 × 300 millimetrli mumkatak romlarda 3,5–4 kg gacha, ko‘p qavatli uyalarning 435 × 250 mm inchali romlarida esa 3 kg gacha asal bo‘lishi kerak. Oilaning ichidagi inchali romlarning sifati ona arining tuxum qo‘yishga yaroqliligiga qarab aniqlanib, mog‘or bosgan, sichqon kemirgan, hajmi kichrayib, qorayib ketgan va erkak ari inchalari ko‘p bo‘lgan sifatsiz mumkatak romlar olib tashlanadi.

Agarda oilada bahorda oziq modda bo‘lmasa, u holda ona arining tuxum qo‘yishi kamayadi. Chunki oziq bo‘lmasa, lichinkalarning rivojlanishi susayadi, harorat ko‘tarilishiga dosh bera olmaydi. 10–12 kg gacha oziqasi bo‘lgan oila yaxshi rivojlanadi. Har bir ari oilasining 1 ta kuchiga 1 kg oziq kerak bo‘ladi.

Ari oilasi me’yorida yaxshi rivojlanayotgan davrda 30 kg asal iste’mol qiladi. Shundan 8–10 kg oziqni asalarichi uyaga solib qo‘yadi, 18–20 kg ni asalarilarning o‘zi erta gullaydigan o‘simlik gullaridan olib keladi.

Bahor kelishi bilan oilani isitish maqsadida bo‘sh romlar olib qo‘yiladi. Asalarilar nechta romni qoplab turgan bo‘lsa, shuncha rom qoldiriladi. Oilaning ichki hajmi qancha qisqartirilsa, oila shuncha tez rivojlanadi.

Bahorda oila sun’iy, ya’ni yostiqchalar yordamida isitiladi. Asalarilarni ko‘chirish paytida, iloji bo‘lsa, yuqori yostiqchalarni olib tashlab, o‘rniga bo‘sh romlar qo‘yish kerak.

Ari oilasining ahvoli aniqlanayotgan bir vaqtda uning ichki hajmi ham tartibga keltiriladi, ya’ni ari oilasini jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun uyaning ichki hajmini tartibga keltirishda oilada yetarli oziq va ona arisi tuxum qo‘yishiga yaroqli toza hamda sifatli mumkatak inchali romlar bo‘lishi ta’minlanadi: ortiqcha va yaroqsiz mumkatak inchali romlar olib qo‘yiladi, uyaning ichki hajmi kerakligicha qisqartirilib, isitgich yostiqchalar yordamida o‘rab qo‘yiladi. Ayniqsa, kuchsiz ari oilalarida bo‘sh mumkatak inchali romlar ajratib olinib, kerakli oziq bilan ta’minlanadi.

Bahorgi taftish natijalari alohida ro‘yxatga yozib qo‘yiladi. Asalarichi ari oilasini to‘liq tekshirib taftish qilish bilan har qaysi ari oilasining ahvoli haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘ladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
O‘rmon xo‘jaligi instituti tashkil etiladi

Agro  -   10.15.2020
+ 1 ko'p
1
image news
Bog‘lardagi zararkunanda va kasalliklarni qanday yo‘qotsa bo‘ladi?

O'zbekiston Yangiliklari  -   10.15.2020
+ 2 ko'p
1