• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Аsalarichilik mahsulotlarini sanoat texnologiyasi asosida qayta ishlash, qadoqlash, jo‘natish usullari
about persons photo

Аsalarichilik mahsulotlarini sanoat texnologiyasi asosida qayta ishlash, qadoqlash, jo‘natish usullari

November 10, 2020
+660 ko'p
1

Fermer xo‘jaliklarida asalarichilikni rivojlantirishda innovatsiya jarayonlarining roli asalarichilikning moddiy texnika bazasini yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o‘z aksini topadi.

Fermer xo‘jaligida asalarichilik sohasini rivojlantirish natijasida yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Chunki asalarilar yer tanlamaydi, alohida ekinzorlar tashkil etishni taqozo qilmaydi. Ozgina e’tibor va ko‘pgina mehnat tufayli bir necha turdagi mahsulotlarni olish mumkin.

Asalarichilik sohasining asosiy mahsuloti – asal hisoblanib, sohadan ikkilamchi mahsulot sifatida quyidagilar olinadi: asalari suti, perga, asalari zahari, propolis, asalari mumi. Ushbu mahsulotlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta.

Fermer xo‘jaliklarida asalarichilikni rivojlantirish natijasida bir mavsumda bitta ari oilasidan 20–30 kilogramm asal, 3–5 kilogramm gul changchisi, 2–3 kilogramm perga, 200–300 gramm propolis, 300–500 gramm asalari suti, 4–6 gramm asalari zahari, 3–4 kilogramm mum olish mumkin. Tahlil natijalari 7. 2- jadvalda keltirilgan.

Qadim zamonlardan boshlab ota-bobolarimiz asalning shifobaxsh xususiyatlaridan unumli foydalanishgan. Xalqimizda «Charchasang asal ye, zeriksang ham asal ye» degan hikmatli so‘zlar bor. Chunki asal insonga quvvat, dardga davo ekani allaqachon isbotlangan. Kuniga 40–50 gramm asal inson organizmi uchun kifoya. Asalarichilik yetti xazinaning biri hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligida bir mavsumda 1 ta asalari oilasidan olinadigan mahsulotlar Mahsulotlar o‘lchov birligi Miqdori. Asal kg 20–302. Gul changi kg 3–53. Perga kg 2–34. Propolis gr 200–3005. Asalari suti gr 300–5006. Asalari zahari gr 4–67. Mum kg 3–4 asalning inson salomatligini mustahkamlashdagi foydali jihatlari quyidagilar:

– asal oson hazm qilinadi. Asaldagi qand molekulalari fruktozadan glukozaga aylana olishi sababli, u o‘zining yuqori kislotali tarkibiga qaramasdan, oson hazm bo‘ladi. U buyrak va ichaklarning yaxshiroq faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi;

– asal qon orqali tez tarqaladi, tez quvvat olish manbayi. Asal ustidan yumshoq suv ichilganida, asal qon oqimiga yetti daqiqada tarqaladi. Uning erkin qand molekulalari miya faoliyatini yaxshilaydi, chunki miya qandni eng ko‘p iste’mol qiluvchi a’zodir.

Asal glukoza va fruktoza kabi qandlarning tabiiy birikmasidir. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qandlarning yagona aralashmasi charchoqni ketkazish va yengil harakatni oshirish uchun engsamarali vosita bo‘lib xizmat qiladi va boshqa xususiyatlarga ega;

– asal qon hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Asal qon hosil qilish uchun tana tomonidan talab etiladigan energiyaning eng muhim qismini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u qonni tozalashga yordam beradi. Asal qon aylanishini tartibga solish va osonlashtirishda ba’zi ijobiy ta’sirlarga ega. Shuningdek, qon tomiri kapillar muammolari va arteriosklerozga qarshi himoya vazifasini ham bajaradi;

– asal bakteriyalarga o‘rin qoldirmaydi. Asalning bakteritsid (bakteriyani o‘ldiruvchi) xossasi «daf qilish effekti» bo‘lib, bu antimikrobik xususiyat bir necha ilmiy asoslar bilan isbotlangan;

– asal – antioksidlovchi. Sog‘lom hayot kechirishni xohlagan har bir kishi antioksidlovchilar iste’mol qilishi shart. Bular hujayralardagi tarkibiy qismlar bo‘lib, normal metabolik funksiyalarning zararli qo‘shimcha moddalarini bartaraf qiladi. Bu elementlar ovqatning aynishi va ko‘plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan buzuvchi kimyoviy reaksiyalarga barham beradi. Tadqiqotchilarning fkricha, antioksidlovchilarga boy oziq-ovqat mahsulotlari yurak muammolari va saraton kasalligining oldini olishi mumkin. Asal tarkibida pinosembrin, pinobaxin, krizin va galagin kabi kuchli antioksidlovchilar mavjud. Pinosembrin antioksidlovchi faqat asalda mavjud, xolos;

– asal glukoza va fruktoza kabi qandlar hamda magniy, kaliy, natriy xlor, oltingugurt, temir va fosfat kabi minerallardan tarkib topgan. Asal B1, B2, C, B6, B5 va B3 vitaminlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning barchasi nektar va gulchanglarning sifatiga qarab o‘zgaradi. Yuqoridagilardan tashqari, asalda, oz miqdorda bo‘lsada, mis, yod va rux elementlari ham bor;

– asal jarohatlarni davolashda ishlatiladi, asal havodan namlikni tortib olish qobiliyatiga egaligi tufayli sog‘ayish jarayonini osonlashtiradi va chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Bunga sabab, asal sog‘aygan jarohat ustida yangi teri qoplamini paydo qiladigan epitelial hujayralarning o‘sishini tezlashtiradi.

asalari suti. Biologik stimulator xususiyatiga ega, gipotrofya va gipertaniya kasalliklarini, ayollardagi laktatsiya buzilishini davolashda, sirkasidan oziq-ovqat sanoatida turli tuzlamalar tayyorlashda qo‘llaniladi.

Asalari suti ko‘plab tirik organizmlarning o‘sishini tezlashtirib, vaznini oshiradi. Qand, eritrotsitlar, glukoza, gemoglobin miqdorini ko‘paytirib, xolesterin va neytrofllar miqdorini kamaytiradi va shu orqali ateroskleroz kasalliklarining oldini oladi hamda davolaydi. Miyadagi qon harakatini yaxshilab, qondagi askorbin kislotasini kamaytiradi, qon bosimini normal holatga keltiradi. Sohada ari sutini ishlab chiqarish uchun asalari oilalaridan tarbiyachi oilalarni tuzish lozim va 18–24 soatli qurtlarni payvand qilib, tarbiyachi oilalariga berib, uch kundan keyin payvand qilingan qurtlarni olib tashlab, sutni jamg‘arib, konservatsiya qilish mumkin.

asalari zahari qadimdan xalq tabobatida davolash maqsadida ishlatilib kelingan. Hozirgi kunda undan tibbiyotda radikulit, bod, bronxial astma, qon tomirlarini kengaytirish va modda almashishini yaxshilash kabi kasalliklarni davolashda ishlatilmoqda. Zahar olishning ko‘pgina usullari bo‘lib, eng samarali usul – bu elektr usulidir.

Perga. Asalarilar gulchangni mumkataklarda yig‘ib, asal bilan aralashtirib perga tayyorlaydi. Bu xomashyodan qishda oziqlanish va g‘umbaklarni oziqlantirishda foydalanadilar. Tibbiyotda undan oshqozon-ichak, jigar kasalliklarini, anemiya hamda qon bosimi bo‘lgan bemorlarni davolashda qo‘llaniladi. Gulchang tarkibida ko‘plab miqdorda glukoza, fruktoza, turli xil vitaminlar, kislotalar hamda mikro va makroelementlar mavjud. Go‘sht va tuxumga nisbatan gulchangda aminokislotalar miqdori 5–7 barobar ko‘p. Olingan gulchang 60 °C haroratda 2 soat maboynida leofl apparatida quritiladi va iste’molga jo‘natiladi.

asalari mumi. Parfumeriya va kosmetikada, lak-bo‘yoq olishda, amaliy va tasviriy sa’natda keng qo‘llaniladi.

Propolis. Propolis tarkibida 18 dan ortiq mikro va makroelementlar hamda fermentlar mavjud. Propolisdan to‘qimalarning regeniratsiya jarayonini tezlashtirishda, kuygandan keyingi chandiqlarni kichraytirishda, og‘riqni qoldirishda, yog‘larni konservatsiya qilishda, endokrin bezlar faoliyatini tiklashda, zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslarni o‘ldirishda, terini ultrabinafsha nurlardan himoya qilishda va hokazolarda foydalaniladi.

Fermer xo‘jaligida asalarilarning mahsuldorligi va asal ishlab chiqarish samaradorligi asalarilarni qishlovga o‘z vaqtida tayyorlashga bog‘liq bo‘lib, natijada asalari oilalarini asrash va sifatli mo‘l asal olish imkoniyati yaratiladi. Kuz oylaridan boshlab asalarixonani kelgusi mavsumga hozirlay boshlagan fermer ko‘p asal oladi. Yetarli miqdordagi sifatli ozuqa jamg‘arish, qishlovga kuchli oilalarni hozirlash, asalari qishlovi uchun yaxshi sharoit yaratish fermer xo‘jaligida asal mo‘l bo‘lishining asosidir. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!