• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda reklama xizmatini tashkil etish va uning ahamiyati
about persons photo

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda reklama xizmatini tashkil etish va uning ahamiyati

November 21, 2020
+547 ko'p
2

Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning barqarorligi hisobiga aholining asosiy iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji deyarli to‘liq o‘z ishlab chiqarishimiz hisobidan ta’minlanmoqda.

Asalarichilikka ixtisoslashgan fermerlik harakatiga e’tibor qaratilib, qishloqda mulkdorlar sinfni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan agrar siyosat tufayli respublikada asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘smoqda.

Asalarichilik sohasini yanada taraqqiy ettirishda 2009- yilda qabul qilingan «2009–2011- yillarda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar» Dasturi muhim omil bo‘lmoqda. Poytaxtimizda mazkur dasturda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar ayni shu maqsadda tashkil etilmoqda.

Tashabbuskor asalarichilar tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmalar mahalliy aholi o‘rtasida asalarichilikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu ko‘rgazmalarda asalari boqish texnikasi va asalarichilikdan olinadigan mahsulotlar targ‘ibot qilindi. Asalarichilar maktabi ochildi, asalarichilikni yuritish madaniyati oshirildi.

Fermer xo‘jaliklarida asalari zotlarini yaxshilash, ularning serpusht va sermahsulligini oshirish uchun chet davlatlardan zotli ona arilarini keltirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Fermer xo‘jaliklarida asalarilarni yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bo‘yicha holatini o‘rganish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va aholi zich joylashgan shaharlarda asalarichilik mahsulotlari hamda jihozlarini sotishga maxsus ixtisoslashgan savdo do‘konlarini tashkil qilish; asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish; investitsiya va xomiylarni jalb etish; lizing asosida mini texnologiyalar, jihozlar va asalari makonlarini keltirishni yo‘lga qo‘yish; asalarichilikka oid me’yoriy, standart va texnik shartlari hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; ilg‘or asalarichilar va asalarichilik xo‘jaliklari ish tajribalarini hamda fan yutuqlarini ommalashtirishga keng imkoniyatlar yaratilgan.

Mahsulotlarni sotishda reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U, avvalambor, ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan, hissiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan hamda tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim faktlar, ma’lumotlarni potensial xaridorlar ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotni mujassamlashtiradi. Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham reklama bo‘lavermaydi.

Asalarichilik mahsulotlari reklamasi xaridorlarga mahsulotni sotish, yetkazib berish sifatini oshirishga ko‘maklashishi kerak. Reklama yordamida xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topadilar va ularni o‘zlari uchun qulay bo‘lgan usulda va kam vaqt sarflab sotib oladilar. Bunda tovarlarni sotish tezlashadi, savdo xodimlari mehnatining samaradorligi oshadi, xarajatlar kamayadi.

Asalarichilik fermer xo‘jaliklari davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi o‘z ichiga quyidagi asosiy yo‘nalishlarni oladi:

– asal ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilar ahamiyatini kuchaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini himoya qilish;

– fermer xo‘jaliklariga asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yishlari uchun amaliy yordam berish;

– asalchilikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

– asalchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi turmush tarzini yaxshilash;

– iste’mol bozorlarini asal mahsulotlari bilan to‘ldirish va ulgurji savdo tizimini yanada rivojlantirish;

– asalchilik mahsulotlari eksportini davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash.

Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar natijasi mamlakatimiz aholisini asalarichilik mahsulotlari bilan ta’minlash uchun yetarli darajada sharoit yaratilganligidan va bunday agrar siyosat mamlakatimiz aholisi turmush darajasining oshishiga xizmat qilayotganidan dalolat beradi. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!