about persons photo

Dehqonlar va tomorqa yer egalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

February 01, 2021
+168 ko'p
3

Prezidentning «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Mablag‘lar tijorat banklari orqali Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari hisobidan beriladi. Ushbu mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • «Tomorqa xizmati» MChJlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • tomorqa yer egalarini moliyaviy ta'minlash.

Mazkur mablag‘larning 100 mlrd so‘mi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi. Kamida 50 mlrd so‘mi «Turonbank» ATB orqali limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.

Shuningdek, jamg‘armaning 413 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari tijorat banklari orqali kredit mablag‘lari ajratishga yo‘naltiriladi. Jamg‘armaga «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB hamda AT «Xalq banki» bilan birgalikda jamg‘arma tomonidan avval ajratilgan kredit mablag‘larining so‘ndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratilishini ta'minlash topshirildi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!