about persons photo

Keltirilgan asalari uyalarini joylashtirish

November 03, 2020
+73 ko'p
1

Hamma joyda ham asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar bo‘lib, ular mavsumning ma’lum vaqtida sharbat ajratadi. Ana shu o‘simliklar gullagan vaqtda, ari oilalari asosiy sharbatni to‘playdilar va bu mavsum asosiy sharbat to‘plash davri deyiladi. Mana shu davr-gacha asalarichi kuchli ari oilalarini yetishtirib, arilarning jadal sharbat to‘plashiga sharoit yaratishi kerak. Ari oilalari yangi keltirilgan joyda kam bezovtalanmasligi uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:

1) ari oilalari ko‘chirilayotgan paytda uyalarni iloji boricha kamroq taqillatish, turtish, silkitish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak;

2) uyalarning ichiga nur tushmasligiga harakat qilib, ko‘chirish vaqtida quyoshda qoldirmaslik zarur;

3) yangi joyda ari uyalarini iloji boricha butazorlar orasiga joylashtirish kerak (agarda butazor, daraxtlar bo‘lmasa, u holda uyalarning qatorlari orasiga mo‘ljalga olish uchun shoxlar tiqib, ularga o‘tlarni bog‘lab qo‘yish kerak);

4) ari uyalari sharbat ajratuvchi o‘simliklarga qaratilib, uzunasiga, ko‘ndalangiga joylashtirilsa, oldingi qatordagi ari oilalari kuchayib, orqa qatordagilari kuchsizlanib ketmaydi.