about persons photo

Mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

January 20, 2021
+109 ko'p
1

Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi ta’minotchi korxona va yetkazib beruvchilar uchun ochiq tanlov savdolarini e’lon qildi.

Tanlov Toshkentda oziq-ovqat ta’minotini yanada yaxshilash va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.  Ta’minotchi korxona va yetkazib beruvchilar ishtirokidagi ochiq tanlov savdolari qo‘y go‘shti, kartoshka, piyoz, guruch, shakar va o‘simlik moyi singari birlamchi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda ulgurji sotib olish va qayta sotishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.  

Savdolarda ishtirok etish uchun ishlab chiqaruvchilar, chorvachilik va fermerlik xo‘jaliklari, shuningdek yetkazib beruvchilar taklif etiladi.  

Ayni damda savdolar ishtirokchilari shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy va kadrlar resurslariga ega bo‘lishi kerak. Ularda soliqlar va bojlar bo‘yicha qarzlar bo‘lmasligi kerak. Savdolarda bankrotlikdan o‘tgan va qonuniy jihatdan shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lmagan korxonalar qatnashmaydi. Shuningdek, yagona reyestrda halol bo‘lmagan ijrochi sifatida ro‘yxatga olingan korxonalarning arizalari ham qabul qilinmaydi.  

Tanlov savdolari g‘oliblariga mahsulotlar qiymatining 20 fozigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar beriladi.  

Tanlovda ishtirok etishni hohlaganlar joriy yilning 21 yanvar kuni 18:00 ga qadar ikkita alohida muhrlangan va imzolangan konvertda korxona nomi, mahsulot turlari, hajmi va narxlarini ko‘rsatgan holda, o‘z arizalarini taqdim etishi kerak. Tanlov savdolari 2021 yilning 22 yanvarida 16:00 da quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 55 uy, 9-qavat, 904-xona.

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!