about persons photo

O'rmon resurslarini global 2020-yildagi hisoboti

January 28, 2021
+793 ko'p
1

 

Dunyo bo'ylab o'rmonlar

Bilasizmi, o'rmonlar dunyo miqyosida qariyb 1/3 qismini egallaydi.

Bu 4,06 milliard gektarni tashkil etadi.

Boshqacha qilib aytganda, sayyoradagi har bir odam uchun 0,52 ga atrofida o'rmon mavjud.

Dunyo o'rmonlarining yarmidan ko'pi (54%) beshta mamlakat(Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Kanada, Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy)ga to'g'ri keladi.

 

Jahon o'rmon maydonlarining iqlim mintaqasi bo'yicha nisbati va taqsimoti, 2020 yil

 

O'rmon turlari

O'rmonlar quyidagi 2 turga bo'linadi:

Tabiiy ravishda qayta tiklanadigan o'rmon

Tabiiy yangilanish orqali shakllangan yovvoyi daraxtlardan tashkil topgan o'rmon turi. Ushbu o'rmon asosan urug‘idan va/yoki ko‘chatidan ekish orqali tashkil etilgan daraxtlardan iborat.

Birlamchi o'rmonlar bir milliard gektarni tashkil etadi - dunyoda hali ham kamida 1,11 milliard ga asosiy o'rmon bor. Uchta mamlakatni olib qarasak - Braziliya, Kanada va Rossiya Federatsiyasi - dunyodagi asosiy o'rmonning yarmidan ko'prog'ini (61 foiz) o‘z ichiga oladi. 1990-yildan beri birlamchi o'rmonlarning maydoni 81 million ga kamaygan.

Tabiiy ravishda qayta tiklanadigan va ko‘chatzor o'rmonlar

Butun dunyo bo'ylab o'rmon maydonlarining 93% tabiiy ravishda qayta tiklanadigan va 7% inson tomonidan shakllantriligan o'rmonlardan iborat. Tabiiy ravishda qayta tiklanadigan o'rmonlarning maydoni 1990-yildan beri qisqarib bormoqda, vaholanki inson tomonidan ekilgan o'rmonlar maydoni 123 million ga oshdi.

 

Plantatsiyalar (inson tomonidan tashkil etilgan o'rmonzorlar) dunyodagi o'rmonlarning taxminan 3%ini tashkil qiladi

Plantatsiya o'rmonlari taxminan 131 million ga maydonni egallaydi, bu global o'rmon maydonining 3 foizini va inson tomonidan shakllantirilgan o'rmonlarning umumiy maydonining 45 foizini tashkil etadi. Inson tomonidan shakllantirilgan o'rmonlarining eng katta ulushi Janubiy Amerikaga to'g'ri keladi, ular umumiy o'rmon maydonining 2 foizini hamda umumiy inson tomonidan shakllantirilgan o'rmon maydonining 99 foizini tashkil etadi. Inson tomonidan shakllantirilgan o'rmonlarining eng past ulushi Yevropaga to'g'ri keladi, u yerda inson tomonidan shakllantirilgan o'rmon maydonining 6 foizini va umumiy o'rmon maydonining 0,4 foizini tashkil etadi. Dunyo miqyosida plantatsiya o'rmonlarining 44 foizi asosan daraxtlarning ommabop turlaridan tashkil topgan.

Inson tomonidan shakllantirilgan o'rmonlar

 

O'rmonlar xavf ostidami?

2015-yilda qariyb 98 million gektar o'rmon yong'inlaridan zarar ko'rgan; Bu asosan tropik zonada bo'lgan, u erda olov o'sha yili barcha o'rmon maydonlarining taxminan 4 foizini yoqib yuborgan. Ta'sir qilingan barcha o'rmon maydonlarining uchdan ikki qismidan ko'prog'i Afrika va Janubiy Amerikada bo'lgan. Zararkunandalar, kasalliklar va tabiiy ofatlar tufayli asosan mo'tadil va boreal maydonlarda 2015-yilda 40 million ga yaqin o'rmonlar zarar ko‘rgan.

O'rmonlarimizni muhofaza qilish...

700 million gektardan ziyod o'rmon qonuniy ravishda belgilangan muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan.

Dunyo bo'ylab muhofaza etiladigan hududlarda taxminan 726 million ga o'rmon mavjud. 1990-yildan beri muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi o'rmon maydoni 191 million ga oshdi.

 

2 milliard gektardan ziyod o'rmonni boshqarish rejalari mavjud

Hujjatlangan va vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqiladigan uzoq muddatli boshqarish rejalari bo'lgan o'rmonlarning maydoni va nisbati o'rmon resurslarini barqaror boshqarish harakatining muhim ko'rsatkichidir. Yevropadagi o'rmonlarning aksariyati boshqaruv rejalariga ega; boshqa tomondan, boshqaruv rejalari Afrikadagi o'rmonlarning 25 foizdan kamrog'iga va Janubiy Amerikadagi 20 foizdan kamiga tegishli. Rejalashtirilgan o'rmon maydonlari barcha mintaqalarda ko'payib bormoqda - global miqyosda 2000-yildan buyon 233 million ga o'sdi va 2020-yilda 2,05 milliard ga yetdi.

 

Dunyo o'rmonlari asosan jamoat mulki hisoblanadi

Dunyo o'rmonlarining 73% jamoat mulki, 22% xususiy mulk, qolgan qismiga egalik esa "noma'lum" yoki "boshqa" (asosan egalik bahsli yoki o'tish davrida bo'lgan o'rmonlardan iborat) toifasiga kiradi. Jamiyat mulki dunyoning barcha mintaqalarida va aksariyat subregionlarda ustunlik qiladi. Mintaqalardan Okeaniya, Shimoliy va Markaziy Amerika va Janubiy Amerika xususiy o'rmonlarning eng yuqori ulushiga ega. Dunyo miqyosida 1990-yildan beri davlat mulki bo'lgan o'rmonlarning ulushi kamaydi va xususiy mulk ostidagi o'rmon maydonlari ko'paymoqda.

 

Asosan tuproq va suvni muhofaza qilish uchun belgilangan o'rmon maydonlari ko'paymoqda

Taxminan 399 million gektar o'rmon asosan tuproq va suvni muhofaza qilish uchun mo'ljallangan, bu 1990-yildan beri 119 million gektarga ko'paygan. Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan o'rmon maydonlarining o'sish sur'atlari butun davr mobaynida kuzatildi(ayniqsa so’nggi o'n yil ichida).

Dunyo o'rmonlarining taxminan 10% biologik xilma-xillikni saqlash uchun ajratilgan.

Global miqyosda 424 million ga o'rmon asosan bioxilma-xillikni saqlash uchun mo'ljallangan. Umuman olganda, 1990-yildan buyon 111 million ga shunday belgilangan, shundan eng katta qismi 2000-2010 yillarda ajratilgan. So'nggi o'n yil ichida asosan biologik xilma-xillikni saqlash uchun belgilangan o'rmon maydonlarining o'sish sur'atlari pasaygan.

Bioxilma-xillik nima?

Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konventsiya "biologik xilma-xillikni" (yoki bioxilma-xillikni) tirik organizmlar orasida barcha manbalardan, shu jumladan, quruqlikdagi, dengizdagi va boshqa suv ekotizimlari va ular tarkibiga kiradigan ekologik komplekslardan olinadigan o'zgaruvchanlik deb belgilaydi; bunga turlar ichida, turlar va ekotizim o'rtasidagi xilma-xillik kiradi. O'rmonlarda yer yuzidagi bioxilma-xillikning qariyb 80% hayot kechiradi. O'rmonlar va o'rmonzorlar 60 mingdan ortiq daraxt turlaridan iborat. Aytish joizki, bioxilma-xillik o'rmonlarning kesilishi (deforestation), o'rmon degradatsiyasi(forest degradation) va iqlim o'zgarishi(climate change) bilan jiddiy tahdid ostida.

 

Ishlab chiqarish va ijtimoiy xizmatlar uchun ishlatiladigan o'rmon

Barcha o'rmonlarning taxminan 30 %i asosan ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Jahon miqyosida 1,15 milliard gektar o'rmonlar asosan yog'och va boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bundan tashqari, 749 million gektar maydon ko'p marta foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, bu ko'pincha ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Dunyo miqyosida asosan ishlab chiqarish uchun belgilangan o'rmon maydoni nisbatan barqaror bo'lib qoldi, ammo 1990-yildan buyon turli xil yo‘nalishlarda foydalaniladigan o'rmonlar maydoni taxminan 71 million gektarga kamaydi.

180 million gektardan ziyod o'rmon asosan ijtimoiy xizmatlar uchun ishlatiladi

Dunyo bo'ylab 186 million gektar o'rmon maydoni dam olish, turizm, ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va madaniy va ma'naviy joylarni saqlash kabi ijtimoiy xizmatlarga ajratilgan. Ushbu o'rmondan foydalanish uchun belgilangan maydon 2010-yildan buyon yiliga o‘rtacha 186 000 gektarga oshdi.

Manba: fao.org

 

 

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
Yer ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

 

Agro  -   04.10.2023
+ 374 ko'p
3