about persons photo

O‘zbekiston agrosektorni rivojlantirish uchun kredit oldi.

September 24, 2020
+26 ko'p
7

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi 46,2 mln dollar miqdorida kredit va 800 ming dollar miqdorida grant taqdim etdi. Mablag‘lardan “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Bu Prezidentning 15 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Qarz bitimi 2020 yil 4 avgustda imzolangan. Eslatib o‘tamiz, loyihaning umumiy qiymati – 84,78 mln dollar, O‘zbekistonning hissasi 38,28 mln dollarni tashkil etadi, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida. 

Norma’ning yozishicha, loyiha doirasida:

  • kredit hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari), QQSdan va yig‘imlardan;
  • uni amalga oshirishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar –norezidentlar daromadlari -JShDSdan ozod qilinadi.

Jalb qilingan mablag‘lar:

a) qishloq xo‘jaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kredit ajratish uchun – 39,8 mln dollar, ulardan:

  • klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a'zo bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga – 30,3 mln dollar;
  • yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun – 5 mln dollar;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga - 4,5 mln dollar;

b) irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun – 3,1 mln dollar, ulardan 2 mln dollar – o‘rmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos o‘rnatish orqali suv chiqarishga sarflanadi;

v) qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha – 4,1 mln dollar yo‘naltiriladi.

Kredit qisman tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablag‘larning qaytarilishi hisobidan (35 325 ming dollar), qolgan summa (10 875 ming dollar) mamlakat Davlat budjetidan so‘ndiriladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, natijadorligini ta'minlaydi. Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari kredit liniyasini boshqarish, qarzning o‘z vaqtida o‘zlashtirish va maqsadli foydalanish, subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hisobot va monitoringni yuritish bilan shug‘ullanadi. Hisob palatasi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi hamda har yarim yilda Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.

Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (keyinchalik muddati uzaytirilishi bilan) tez fursatlarda rasmiylashtiriladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
O‘rmon xo‘jaligi instituti tashkil etiladi

Agro  -   10.15.2020
+ 1 ko'p
1
image news
Bog‘lardagi zararkunanda va kasalliklarni qanday yo‘qotsa bo‘ladi?

O'zbekiston Yangiliklari  -   10.15.2020
+ 2 ko'p
1