
O'zbekiston dunyoning 11 mamlakatiga 81 ming tonnadan ortiq shaftoli eksport qildi.
Toshkent, O'zbekiston - Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra O'zbekistondan qiymati 62,0 million AQSh dollarilik 81 ming tonnadan ortiq shaftoli eksport qilindi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 27,5 ming tonnaga ko'pdir.
Hisobotga ko'ra, Qozog'iston O'zbekiston bog'larida etishtirilgan shaftoli sotib olish bo'yicha etakchi hisoblanadi - 38,2 ming tonna.
