
O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish
23-modda. Fermer xo‘jaligidagi mehnat
——————————————————————
- Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
- Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
- Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
- Fermer xo‘jaligining boshlig‘i va xodimlari davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Manba: Lex.uz
