
O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
VI. Yakunlovchi qoidalar
32-modda. Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari
——————————————————————
- Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi
- yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
- fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
- fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etib, xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa.
Manba: Lex.uz
