
O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
VI. Yakunlovchi qoidalar
35-modda. Fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik
——————————————————————
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi.
Manba: Lex.uz
