about persons photo

O‘zbekistonda qorako‘lchilik klasterlariga yer maydonlari ajratiladi

February 10, 2021
+79 ko'p
1
 

“Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-martgacha qorako‘lchilik klasterlariga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratiladi.

Shunga ko‘ra, 2021-yil 15-fevralgacha 100 milliard so‘m mablag‘lari “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.

Mazkur mablag‘lar Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi a'zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha kredit sifatida taqdim etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Qo‘mitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Shuningdek, nasldor qo‘y va echkining, shu jumladan qorako‘l zotli qo‘ylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 400 ming so‘m miqdorida subsidiya taqdim etiladi.

2021-yil 1-apreldan Uyushma a'zolariga o‘zlari tomonidan import qilingan qo‘y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida eksport qilishga ruxsat etiladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!