about persons photo

O‘zbekistondagi iste’mol savatining miqdori hisoblab chiqildi

February 03, 2021
+104 ko'p
1

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2020-yil dekabr oyida O‘zbekistonda iste’mol savatining hisob-kitobini e’lon qildi. O‘rganishlarga ko‘ra, iste’mol savatining miqdori, taxminan, 2,157 million so‘mni tashkil etmoqda.

Iste’mol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan non, yorma va dukkakli mevalar, go‘sht, sabzavotlar, poliz, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar) sut mahsulotlari kiritilgan. Shuningdek, nooziq-ovqat — dorilar, kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qo‘shimcha o‘quv kurslari ham o‘rin olgan.

Iste’mol savati aholining uchta ijtimoiy-demografik guruhi — mehnatga layoqatli aholi, nafaqaxo‘rlar va bolalar uchun ishlab chiqilishi lozim. Federatsiya bir oyda o‘rtacha mehnatga layoqatli shaxs iste’mol qiladigan tovar va xizmatlarning ro‘yxatini ham tayyorlagan:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekistonda “iste’mol savati” va “kun kechirish uchun zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinishi, shuningdek, ularni hisoblash tasniflari aniqlanishi to‘g‘risida 2018-yilda xabar berilgandi. Keyinroq minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi loyihasi ham e’lon qilingan edi. 2020-yilda esa moliya vaziri lavozimida ishlagan Jamshid Qo‘chqorov nima uchun O‘zbekistonda hanuzgacha iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor qancha ekani oshkor qilinmagani yuzasidan savolga “davlat bunga kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish bilan javob berishi mumkinligini” bildirgan edi.