• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Rossiya nima uchun Fargʻonadan pomidor va qalampir yetkazib berishga taqiq joriy etdi? — vazirlikning rasmiy izohi
about persons photo

Rossiya nima uchun Fargʻonadan pomidor va qalampir yetkazib berishga taqiq joriy etdi? — vazirlikning rasmiy izohi

November 27, 2020
+505 ko'p
1

Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga tomat va qalampir yetkazib berishga taqiq joriy etilgani haqidagi maʼlumotga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagicha izoh berdi:

"Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati Federal xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan Fargʻona viloyatidan tomat va qalampir importiga taqiq joriy etilgani haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar eʼlon qilingani munosabati bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda Rosselxoznadzor bilan mazkur masala boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda.

Rossiya tomoniga koʻra, Fargʻona viloyatidan tomatlarning alohida partiyasida tomat mevasining jigarrang tirishiqi virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan.

Shu bilan birga, ToBRFV oʻsimliklar virusining yangi shtammi boʻlgani uchun Oʻzbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YEOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas – Yevrosiyo Iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2016-yil 30-noyabrdagi №158-sonli Qarori bilan tasdiqlangan karantin obyektlarining yagona roʻyxatiga ToBRFV kiritilmagan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda shu kabi viruslar paydo boʻlishining oldini olish boʻyicha tezkor ravishda chora-tadbirlar Kompleksi ishlab chiqilmoqda.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, Rosselxoznadzor tomonidan joriy etilgan taqiqlar Oʻzbekistonning barcha ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qoʻllanilmaydi va faqat Fargʻona viloyatidan keltirilgan mahsulotlarga tegishlidir.

Rossiya tomoni bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Taqiqlarni yaqin vaqtlarda bekor qilish boʻyicha choralar koʻrilmoqda".

 

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!