about persons photo

Sholi ko‘chatlab ekilganda 1 gektardan 4-5 ming kub metr suv tejab qolinadi

February 11, 2021
+675 ko'p
2
 

Qoraqalpog‘istonda joriy yilda 44 ming gektar maydonga sholi ekish mo‘ljallangan bo‘lib, shuning 20 foiz maydonida ko‘chatlab ekish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Ravil Bekniyazovning ma’lumot berishicha, mazkur tadbir Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Sholini ko‘chatlab ekish texnologiyasi Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida minglab yillar avvalgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinadi. Masalan, hozirda Indoneziyada sholi 90 foizBirmada 80 foizHindistonda 75-80 foizXitoy bilan Yaponiyada 100 foiz ko‘chatlab ekiladi.  

Ko‘chatlab ekish sholining vegetatsion davrini qisqartiradi va suv sarfini tejaydi.  

Masalan, urug‘dan ekiladigan sholi 55-60 kunда yetiladigan bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda 25-30 kun yetarli bo‘ladi. Urug‘ pitomniklarda erta mavsumda ekiladi va u yerda har xil zararkunandalardan himoyalangan bo‘ladi, har qanday o‘simliklar kasalligiga chidamli bo‘lib yetiladi. Umuman, ko‘chatlab ekiladigan sholiga barcha o‘g‘itlar beriladi.

Shuningdek, sholini urug‘dan oddiy ekishda 1 gektar yer maydonga 22-22,5 ming kub suv sarf qilinadigan bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda esa 17-17,5 ming atrofida bo‘ladi. Demak, 1 gektarда 4-5 ming kub metr suv tejab qolinadi.

Sholi an’anaviy usulda ekilganda unumdorlik 21-25 foiz atrofida bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil qiladi, ko‘chatlarni o‘tqazgandan keyin chiqin 10-15 foizdan oshmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori bilan 2021-yil 31-dekabriga qadar sholini ko‘chatlab ekuvchi uskunalar va zamonaviy ekish seyalkalarini sotib oluvchilarga uskunalarning 20 foiz puli davlat tomonidan to‘lab berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, 2022-yilda jami sholi ekiladigan maydonning 40 foizida ko‘chatlab ekish amalga oshirilishi belgilangan.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!