
Xotin-qizlar qo'llab-quvvatlanmoqda
Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan moliyalashtilgan mablag'lar hisobidan, ayol-qizlarni qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ish bilan taʼminlash, ularning bandligiga koʻmaklashish maqsadida Farg'ona viloyati Yozyovon tumani “Baxrombek” fermer xoʻjaligi dala shiyponida ayollar uchun oʻquv-seminar o'tkazildi.
Seminarda Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi boʻlim boshligʻi Rustam Mannopov yoshlarni qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlash uchun hozirda yurtimizda yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi.
“German-Sparkassenstiftung” tashkiloti Oʻzbekistondagi vakolatxonasi agrar eksperti Ismonali Teshaboyev yosh ayol-qizlarning “Start up” gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash doirasida olib borilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berdi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Shuningdek tomorqalardan zamonaviy va samarali foydalanishlari uchun Kengash tomonidan maxsus qo'llanmalar berildi.
