Xizmatlarimiz

Biz bilan birgalikda

Siz uchun maxsus xizmatlarimiz!

Biz yosh fermerlarni dunyoga tanitamiz!
  • Yosh fermerlar faoliyatini va ularning qishloq xo'jaligidagi rolini dolzarb darajaga olib chiqamiz;
  • Samarali faoliyat olib borayotgan yosh fermerlar faoliyatini ommalashtiramiz;
  • Yosh fermerlar va fermerlikka qiziqqan yoshlar ishtirokida tanlovlar, seminarlar, treninglar, vorkshoplar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko'rgazmalar, yarmarkalar, aksiyalar, turli grant dasturlari, loyihalar va boshqa tadbirlarni amalga oshiramiz;
Xizmatdan foydalanish
15
Biz yosh fermerlarni huquqlarini himoya qilamiz!
  • Yosh fermerlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va masalalarga huquqiy tomonlama yechim topishda ko'maklashamiz;
  • Yosh fermerlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko'maklashamiz;
  • Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta'minot va xizmatish ko'rsatish tashkilotlari bilan bo'lgan munosabatlardagi masalalarda huquqiy yordam ko'rsatamiz;
  • Yosh fermer xo'jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta'minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshiramiz.

 

Xizmatdan foydalanish
25
Start - fermer xo'jaligini tashkil etish istagini bildirgan yoshlarga ko'maklashish
  • Yosh fermer xo'jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda ko'maklashamiz, tavsiyanoma beramiz; kreditlashtirishda yordam beramiz;
  • Ko'p tarmoqli yosh fermer xo'jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarli texnologiyalarni (tomchilatib, yomg'irlatib va yer osti sug'orish kabi), zamonaviy-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga ko'maklashamiz;
  • Qishloqda iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo'yicha konsalting xizmatlar ko'rsatamiz, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo'yicha fermer xo'jaliklari kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko'maklashamiz;
  • Qishloq xo'jaligidagi ilg'or xalqaro va mahalliy tajribalarni o'rganish va ularni amaliyotga tatbiq qilishda yosh fermerlarga ko'maklashamiz.

 

Xizmatdan foydalanish
35
Konsultatsiya — qishloq xo'jaligida yoshlarga maslahat xizmatlarini ko'rsatish
  • Qishloq xo'jaligida yosh fermerlar va fermerlikka qiziqqan yoshlarga doimiy huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo'yicha konsalting markazlari tarmog'ini, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo'yicha konsultatsiya berish;
  • Doimiy ravishda yoshlar o'rtasida fermerlikni rivojlantirishga oid taklif va muammolarni o'rganib chiqib, taxliliy yechimlar asosida aniq chora tadbirlarni belgilagan holda belgilab hayotga tadbiq etish;
  • Qishloq xo'jaligida zamonaviy texnika va texnologiyalar kiritish, yangi intensiv usullarni joriy etish bo'yicha yordam berish.

 

Xizmatdan foydalanish
45
Build up - yosh fermerlarni ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari sifatida shakllantirish va eksport salohiyatini oshirishga ko'maklashamiz
  • Yosh fermerlarga subsidiyalar va kredit olishga yordam beramiz;
  • Yosh fermerlarga ko'p tarmoqli xo'jalikni tashkil qilishda har tomonlama ko'maklashamiz;
  • Yosh fermerlarni malakasini oshirishga mahalliy va xalqaro o'quv amaliy kurslar hamda sayohatlar tashkil qilamiz;
  • Yosh fermerlarga innovatsion ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarni tashkil qilishda mahalliy va xalqaro grantlar olishga ko'maklashamiz;
  • Yosh fermerlar mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishda aloqa o'rnatamiz va amaliy ishlarida to'g'rida to'g'ri ko'maklashamiz;
  • Xorijiy davlatlar va uyushmalar, fondlar, korxonalar bilan yosh fermerlar uchun iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo va qishloq xo'jaligi sohalaridagi o'zaro samarali doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yamiz.

 

Xizmatdan foydalanish
55