
Samarqand va Xorazm viloyatlari yoshlari diqqatiga!
Samarqand va Xorazm viloyatlari yoshlari diqqatiga!
Orangizda xonadonida quyonchilik bilan shug'ullanish istagida yurgan yoshlar bormi?
Agar quyon boqishga ishqiboz bo'lsangiz, ushbu sohani sir-sinoatlarini o'rganib o'z faoliyatingizda qo'llamoqchi bo'lsangiz, unda biz Sizga yordam bera olishimiz mumkin.
Biz "Quyonchilik biznesi - 0 dan barqaror daromadgacha" loyihasi doirasida tashkil etilgan dasturda ishtirok etishga taklif etamiz.
Dasturda quyonchilik sohasi ishqibozlariga "O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar Assotsiatsiyasi"ning malakali mutaxassislari tomonidan onlayn seminar-treninglar o'tkaziladi va seminar davomida quyonchilik sohasi bilan shug'ullanish - 0 dan barqaror daromadgacha chiqish yo'llari va zamonaviy boqish texnologiyalari o'rgatiladi.
Undan tashqari, tanlab olingan ishtirokchilarimiz quyonchilik bilan uy xo'jaligida shug'ullanishlari uchun kredit olishiga ko'maklashamiz. Buning uchun, “Mikrokreditbank” ATB mutaxassislari tomonidan maxsus qisqa onlayn kursi tashkillashtiriladi. Kurs davomida ishtirokchilarga bankdan kredit olish uchun professional shaklda biznes reja tayyorlash sirlari o'rgatiladi. Shu bilan birga, ushbu hamkorlarimiz tomonidan yo'llangan instruktorlar, yoshlarga faoliyati davomida konsultatsiya berib boradi.
Dasturda ishtirok etish uchun Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tasiz va keltriligan savollarga javob qoldirasiz:
Ro'yxatdan o'tish 27-noyabrgacha amal qiladi!
Sizning nomzodingiz barcha kriteriyalarga mos kelgan taqdirda, mutaxassislarimiz Siz bilan bog'lanishadi.
Dastur quyidagilardan iborat:
- Quyonchilik bo'yicha 2 soatdan 3-ta onlayn kurslarni o'taysiz (jami 6 soat);
- Bank bilan muloqot o'rnatish va biznes reja tayyorlash bo'yicha 2 soatli kursni o'tish lozim.
Dastur yakunida Sizga kurslarni tamomlaganingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumot uchun:
+998 99 858 54 88
