Biz haqimizda

Biz bilan tanishing!

about persons photo
O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi

Hozirgi kunda mamlakatimizda 80 134 nafar fermer xo‘jaliklari, 47 767 nafar dehqon xo‘jaliklari va 4 270 443 nafar tomorqa yer egalari mavjud.

 
Shundan 11051 nafar yosh fermerlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular 115020 gektar yer maydoniga ega. 1241 nafar yosh fermerlar ko‘p tarmoqli maqomiga egadir.
Afsuski, bu ko‘rsatkich respublikamizdagi jami fermer xo‘jaliklarining atigi o'n uch foizini tashkil etadi.
 
O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi Nodavlat va notijorat tashkiloti o‘z oldiga fermerlik faoliyatini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni fermerlik harakatiga keng jalb etish, yosh fermerlarni ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirishda ko‘maklashish, shuningdek, yosh fermerlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va masalalarni birgalikda hal etish, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganib, yosh fermerlar faoliyatiga joriy qilishda amaliy yordamlar ko‘rsatishni maqsad qilgan.
 
Biz barcha yosh fermerlar faoliyatini samarali yuritishi imkoniyatini ta'minlash uchun yorqin kelajak barpo etamiz, nomaqbul holatni o'zgartiramiz, tarmoqlarni yaratamiz va biznes xizmatlarini shakllantiramiz.
 
Biz yosh fermerlarva fermerlikka qiziqqan yoshlarni qishloq xo'jaligida faoliyatini boshlash va muvaffaqiyatli davom ettirishi yo'lida qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz va ularni qo'llab-quvvatlaymiz, ularning ehtiyojlari va talablarini yaxshiroq o'rganish hamda qondirish va himoya qilish uchun intilamiz.

Biz hamkorlikdagi infratuzilmani yaratish, mintaqaviy va milliy xo'jalik siyosatini o'zgartirishga safarbar qilish, resurslardan (yer, grantlar va kreditlar, tanlovlar va boshqalar) foydalanish imkoniyatlarini oshirish, gender tengligini ta'minlash, ma'lumotlarni birlashtirish va barcha yosh fermerlar baham ko'rishi, o'rganishi va to'planishi mumkin bo'lgan qulayliklarni yaratgan holda birgalikda ishlaymiz.


Xodimlarimiz bilan tanishing!

Jonatan Doe pic
Mannopov Rustam
Konsalting xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Koordinator
Jonatan Doe pic
Inoyatov Mahmud
O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi raisi
Jonatan Doe pic
Kenjayev Bekzod
Loyihalar Koordinatori