about persons photo

2021-yilda 1100 gektar maydonda issiqxona komplekslari tashkil etiladi

January 12, 2021
+46 ko'p
1

Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, respublikada mavjud issiqxonalarda isitish manbalari turlariga ko‘ra, 2 794 gektar (56 foiz) tabiiy gazdan, 929 gektar (19 foiz) ko‘mirdan, 544 gektar (11 foiz) bug‘dan olinadigan issiqlik manbalardan foydalaniladi va 674 gektar (14 foiz) issiqlik tizimisiz ishlatiladigan parniklardan iborat.

Qaror loyihasida:

  • respublikada zamonaviy issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
  • respublika hududlarida yangidan tashkil etiladigan issiqxonalarni hududlar kesimida joylashtirishni tabiiy gaz ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini inobatga olgan holda rejalashtirish;
  • kuz-qish mavsumida issiqxona xo‘jaliklarini uzluksiz tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonalari orqali issiqxonalarni muntazam ravishda bug‘ bilan ta'minlashning kafolatli tizimini joriy etish;
  • respublika tabiiy-iqlim sharoitiga mos keluvchi zamonaviy issiqxona inshootlarining yangi qurilish me'yorlari va qoidalarini ishlab chiqish;
  • hududlarda 2021 yilda 1100 gektar maydonda issiqxona komplekslarini tashkil etish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash;
  • maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida issiqxonalar uchun zarur qurilmalar, materiallar, butlovchi qism va komponentlar ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish;
  • Urganch shahridagi agrotexnologiyalar texnikumi qoshida o‘quv markazi tashkil etgan holda issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari va yoshlar uchun o‘quv, amaliy treninglar va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
  • mahsulotlar yetishtirish va eksportni prognozlash uchun tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar bo‘yicha har oylik elektron hisobot taqdim etish axborot tizimi joriy etishni ta'minlash nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, qaror loyihasining qabul qilinishi orqali:

  • birinchidan – issiqxona xo‘jaliklarini kuz-qish mavsumida uzluksiz tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonalari (IES) orqali muntazam bug‘ bilan ta'minlashning kafolatli mexanizmlari joriy etiladi;
  • ikkinchidan - respublika tabiiy-iqlim sharoitiga mos keluvchi zamonaviy issiqxona inshootlarining yangi qurilish me'yorlari va qoidalari ishlab chiqiladi;
  • uchinchidan – zamonaviy issiqxona komplekslarini amalga oshirish, shuningdek sohada yosh mutaxassislarni ilg‘or tajribalar asosida tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi va aholi bandligi ta'minlanadi;
  • to‘rtinchidan – issiqxonalarda yetishtirilgan va realizatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritishning axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
  • Manba: kun.uz

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!