
“Agrotransformatsiya” loyihasi Buxoro viloyatini zabt etdi
Fermerlikka qiziqqan yoshlarimizni samaradorlikka va tashabbuskorlikka chorlovchi “agrotransformatsiya” loyihasi Buxoro viloyatini zabt etdi
Xabaringiz bor, butun Respublikamiz bo‘ylab “Mahalladagi yoshlarning agrar sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” maqsadida Agro transformatsiya loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.
3 kun davom etgan seminarlarda Buxoro viloyatining Qorako‘l, Vobkent tumanlari va Buxoro shahridan 544 nafar yoshlar yetakchisi hamda dehqonchilikka qiziquvchi yoshlar faol ishtirok etdi. Uchrashuvlarda yosh fermerlarning muammolari va ularning savollari agrobiznes ekspertlari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
Undan tashqari, “Fermerlar maktabi” tomonidan seminarlarda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
“AgroTransformatsiya” loyihasi tez orada navbatdagi viloyatga yo‘l oladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!
