about persons photo

Anorning shifobaxsh xususiyatlari

January 26, 2021
+2379 ko'p
2

Anor shifobaxsh moddalarga boy meva bo‘lib, unda S, V1, V2, V6, V15, RR, V12, va A vitaminlari, kal'siy, kaliy, temir, yod, kremniy, fosfor, alyuminiy, magniy, xrom, mis va marganes moddalari, foli va askorbin kislotasi yetarli darajada. Anorning 100 grammida 80 kkall mavjud. Anor po‘stlog‘ida esa oshlovchi, qatron, bo‘yoq moddalari, meva po‘sti hamda oraliq pardalari tarkibida 28 foizga qadar oshlovchilar saqlanadi.

Anor ozib ketishni yengadi, gemoglobinni ko‘taradi, shamollashni daf etib, og‘riqlardan xalos etadi, yurak og‘rig‘ini yengib, qon tomirlar va peshob yo‘llaridagi faoliyatni yaxshilaydi, ich og‘rig‘ini davolaydi, ichaklardagi bog‘lanish hamda o‘t qopi ishini me'yorga keltiradi, jigardagi quvvatsizlikka barham berib, immunitetni ko‘taradi.

Xalq tabobatida anordan diareya, disbakterioz va dizenteriyada ham foydalaniladi.

Anginani davolashda anorga teng keladigani yo‘q. Eng muhimi, anor ishtahani ochadi. Tana harorati ko‘tarilganda tushiradi va tanadagi modda almashinuvini yaxshilaydi. Anor eng foydali mevalardan bo‘lib, xalq tabobatida nafaqat mevasi, balki po‘chog‘i, guli, bargi, novdasi va hattoki ildizi ham koni foyda ekanligi e'tirof etiladi.

Mevasidan tayyorlangan sharbat immunitetni ko‘taradi. Bu esa kishiga har qanday infeksiyaga qarshi kurasha olish quvvatini beradi. Anor tarkibida askorbin kislotasi yetarlicha bo‘lganligi sababli zangila (milk kasalligi) dan xalos etadi.

Zamonaviy tibbiyotda ham, xalq tabobatida ham ayollarga ko‘proq anor yeyish tavsiya etiladi. Tibbiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, anor tarkibida ellagotaninlar saqlanadi. Bu modda anorda juda ko‘pligi bois, u ko‘krak bezi kasalligi va saratonning oldini oladi

Anor sharbati

Anorning yangi sharbati oshqozonda hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Shuning uchun uni og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan so‘ng iste'mol qilish juda foydali. Ayniqsa, jigarga og‘irlik qiladigan taomni bexosdan yeb qo‘ysangiz, undan keyin anor sharbati ichish lozimligini unutmang.

Anor sharbati og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari va tomoq og‘rig‘ida ham davo. Buning uchun anor sharbatini stakanga solib, qaynoq suv to‘ldirilgan idishga iliguncha solib qo‘ying. Sharbat iligach, iching. Tomoqdagi shamollashni yengishda bu sharbatdan o‘tadigani yo‘q. Og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishida ham chuchuk anor sharbati juda foydali. Uni ham xuddi yuqoridagidek ilitib ichish lozim.

Bundan tashqari, anor mevasi va sharbati qondagi gemoglobin miqdorini ko‘taradi hamda anemiyadan xalos etadi. Buning uchun anor sharbatidan kuniga 3 mahal, 1 stakandan ichib turish buyuriladi. Bunday xalqona muolajani 4 oy davom ettirib, 1 oy tanaffus qilsangiz va tanaffusdan keyin yana shuncha vaqt muolaja kursini qo‘llasangiz, kamqonlikdan batamom qutulasiz.

Yurak uchun quvvat!

Anor yurakni baquvvat qiladi. Buning uchun kuniga 2-3 dona anordan sharbat tayyorlab ichish lozim. Bundan tashqari, anor bargidan tayyorlangan choy miya faoliyatini yaxshilaydi. Buning uchun quritilgan anor bargi kukunidan 2 osh qoshiqni termosga solib, ustidan 1 litr qaynoq suv quysangiz kifoya.

Anor sharbatini kuniga 3-4 mahal ichsangiz, qon bosimingizni ko‘taradi. Bu bilan yurak-qon tomirlari yaxshilanadi.

Anor haqida Abu Ali ibn Sino shunday deydi: Nordon anor va xususan, uning sharbati safroni bosadi. Po‘sti, ayniqsa, kuydirilgani jarohatlar uchun doridir. Anorning urug‘i asal bilan birga tish va quloq og‘rig‘iga foyda. Shuningdek, bu malhamni burun ichiga surtib, undagi jarohat va yallig‘lanishdan xalos bo‘lish mumkin. Anorning urug‘ini yanchib, asal bilan qo‘shib, og‘iz yarasiga surtish ham foydali.

Shirin anor ko‘ngilni ochadi.

Nordon-chuchuk anor me'da yallig‘lanishiga foyda qiladi. Isitmalagan kishi ovqatlangandan keyin anor sharbatini ichishi lozim. Nordon anor shirin anorga qaraganda peshobni ko‘proq yurishtiradi, umuman, ikkalasi ham peshob haydovchidir.

Buyuk hakim anor yana bir qator xastaliklarga davo ekanini ta'kidlab o‘tadi. Jumladan, Ibn Sino anor po‘stini qon tupurganda, milkdan qon oqqanida foydasi borligini, po‘chog‘idan tayyorlangan qaynatma gijjani haydash xususiyatiga egaligini aytadi. Qaynatmadan kuniga uch mahal ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan ichish va og‘izni chayqashda ham foydalanish mumkin.

Uy sharoitida bunday qaynatmani tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan chinni yoki sirli idishga 1 choy qoshiq maydalangan meva po‘stidan solib, ustidan 200 g suv qu­ying va 15 daqiqa miltiratib qaynating. So‘ng 2 soat tindiring.

Anor sharbatini muntazam ichib yurish buyrak shamollashi, jigar kasalligi, quloq va ko‘zning gazaklanishini davolaydi.

Shuningdek, anor chanqoqni qondirish borasida ham tengsiz.

Ajinlardan himoya qiladi

Anor nafaqat ming bir dardga davo bo‘luvchi va qarilikni kechiktiruvchi shifobaxsh darmondoridir. Shuning uchun anorni doimiy iste'mol qilish yurakning soat kabi muntazam ishlashini ta'minlaydi. Bu esa insonning hamisha tetik va yosh bo‘lib yurishiga sabab bo‘ladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!