about persons photo

Arilarni ko‘chga chiqishining oldini olish

October 25, 2020
+93 ko'p
3

Arilarning oilada rivojlanishi, o‘sishi, ko‘payishi ularning kuchini oshiradi. Kuchli ari oilalaridan tabiiy yo‘l bilan ko‘chga chiqish orqali yangi oilalar tashkil bo‘ladi.

Asosan, yaxshi rivojlanayotgan ari oilalari bahorning ikkinchi yarmida, kun issiq va ob-havo yaxshi bo‘lgan kunlarda ko‘proq
ko‘chga chiqadi. Ko‘ch chiqargan asosiy ari oilalarining o‘sha yili mahsuldorligi past bo‘lib, asal to‘planishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun mutaxassislar azaldan ari oilasining ko‘chga chiqish sabablari bilan qiziqqanlar.
Arixonada jadal ko‘ch chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1) ari oilalarida kam tuxum qo‘yadigan qari ona arilarni (ikki yoshdan oshganini) almashtirish;
2) ko‘chga chiqish mavsumida arilar ko‘p asal tashishi uchun ularni sharbat ajratuvchi o‘simliklar ko‘p joylarga ko‘chirish yoki
bo‘lmasa maxsus asal ajratuvchi o‘simliklar ekib, arilarni shunday oziq bilan ta’minlash;
3) arilarning ko‘chini sharbat tashish va katak mumlarini tortishga yo‘naltirish;
4) oilaning ichki hajmini o‘z vaqtida sifatli mumkatak romlar bilan kengaytirib turish zarur;
5) ari oilalarining uyasini quyosh tushadigan joyda qoldirmaslik;
6) jazirama issiq kunlari arilarning uya teshiklarini kengaytirib, havo almashib turishiga sharoit yaratish.

Bundan tashqari, arilar hajmi keng uyalarda boqilsa, ularning kuchidan samarali foydalaniladi va arilar ko‘chga chiqishga kam
intiladi.

Yuqorida aytilganlarga amal qilinganida ham, arixonada ko‘ch chiqishini butunlay bartaraf etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘ch
chiqmasligining oldini olishning eng qulay yo‘li o‘z vaqtida yangi yosh oila ajratish hisoblanadi.

Asalarichilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan arixonalarda hali ham ko‘chga chiqish holatlari uchrab turadi. Bunday paytlarda asalarichi nima ish qilishni yaxshi bilishi kerak.

O‘zbekiston sharoitida, asosan, ari oilalari yotoq uyalarda boqilgani uchun, asosiy sharbat to‘plash davrida yaxshi qishlash uchun yaroqli bo‘lgan sifatli asal beruvchi o‘simliklar gullashi davrida mumkatak romlarning yarmida yoki yarmidan ko‘proq qismida asali bor romlar ajratib olinib, alohida zich yopiladigan uyalarga solinadi. Arixona atrofda joylashgan uyalarda, vagonlarda, yerto‘lalarda arilar kech kuzgacha saqlanadi, kuzda ari oilasining ichki hajmini qishlashga to‘plash davrida oila ichidagi paxta yoki qishlashga yaroqsiz deb hisoblangan asalli romlar ajratib olinib, ularning o‘rniga maxsus yopiq uyalarda saqlanayotgan sifatli gullarning asali bor romlari qo‘yiladi. Alohida ajratib qo‘yilgan asalli romlarda gulchanglarning borligiga e’tibor berish kerak.

Arixonalarda ko‘p qavatli uyalarda ari boqilganida, asalarichi ari oilalarini tekshirish, oila hajmini kengaytirish, mumparda tortish, asal olish, qishga oziq jamg‘arish kabi mavsum davomida qilinadigan ishlarni uya qavatlarini almashtirish chog‘ida bajarsa, olinadigan daromad yuqori bo‘ladi.

Ko‘p qavatli uyalarda boqiladigan arilar qish davomida jamg‘arilgan oziqni iste’mol qilib bo‘lgach, birinchi qavatdan ikkinchi qavatga ko‘tarila boshlaydi, chunki ikkinchi qavatda oldingi yilda jamg‘arilgan oziq bo‘ladi. Bahorda arilarni yerto‘lalardan ochiq havoga chiqarish davrida bo‘shab qolgan uyaning birinchi
qavati olinib, omborga topshiriladi, 10 romli hajmdagi qavatda arilar tez rivojlana boshlaydi va ona ari ko‘p tuxum qo‘yadi. Birinchi qavat olib tashlanayotgan paytda bir yo‘la oila ahvoli bilan ham tanishib chiqiladi va ona arining tuxum qo‘yishi, jamg‘arilgan oziq miqdorining yetarli ekanligiga ishonch hosil qilib, ari oilasini tekshirish ishlari tugatiladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
Anorning shifobaxsh xususiyatlari

Arilarning oilada rivojlanishi, o‘sishi, ko‘payishi ularning...

Agro  -   01.26.2021
+ 14 ko'p
1
image news
Shveytsariyada qishloq xo'jaligi sohasidagi innovatsiyalar

Arilarning oilada rivojlanishi, o‘sishi, ko‘payishi ularning...

O'zbekiston Yangiliklari  -   01.25.2021
+ 43 ko'p
1
image news
O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Arilarning oilada rivojlanishi, o‘sishi, ko‘payishi ularning...

O'zbekiston Yangiliklari  -   01.22.2021
+ 25 ko'p
1