about persons photo

Аsalari kasalliklari

November 18, 2020
+23 ko'p
2

Asalari oilasining sog‘lomligi, u yoki bu kasalliklarga chidamliligi tuxumdan chiqqan lichinka va yetuk asalarilarni doimiy ravishda ko‘rib chiqish va veterinariya bakteriologik laboratoriyalarda tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Nasldor oilalar esa mutloq sog‘lom bo‘lishi kerak.

Asalarilar har xil kasalliklar bilan kasallanishi mumkin. Ular infeksion, invazion va yuqumsiz kasalliklarga bo‘linadi.

Infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi kelib chiqishi o‘simlikda bo‘lgan bakteriya, virus va zamburug‘lardir.

Invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bir hujayrali va ko‘p hujayrali parazit hayvonlardir.

Yuqumsiz kasalliklar asalari oilasining hayoti uchun kerak bo‘lgan sharoitlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Agarda bu sharoit tiklansa, kasallik yo‘q bo‘lib ketadi. Asalari oilalarini sog‘aytirish uchun kasallikni o‘z vaqtida aniqlab, unga qarshi kurashda davolash, sanitariya va proflaktika tadbirlarining to‘liq majmuasini qo‘llash kerak. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!