about persons photo

Asalari oilasini sershira o‘simliklarga ko‘chirishning samaradorligi

November 04, 2020
+441 ko'p
1

Asalarilar yordamida va boshqa kompleks usullar qo‘llab hosilni oshirish masalasiga bizda ham, Yevropa davlatlarida ham ahamiyat berilmoqda. Ko‘pgina olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simliklarni asalarilar yordamida changlatish beda hosilini 180–250 % gacha, kungaboqarni 40–50 % gacha, qora bug‘doyni 1,5 barobargacha, karam, sholg‘om, piyozni 30–40 % gacha, zig‘irni 27 % gacha, rezovar meva hosilini 50–60 % gacha oshiradi.

Changlatishda asalarilardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun: sog‘lom, kuchli asalari oilasini ular changlatishi kerak bo‘lgan joyga olib chiqilishidan 12–14 kun oldin oilada 5–6 ta romdagi naslli asalarilarni boqishga yetadigan asalari bo‘lishi kerak.

Changlatishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishdagi asosiy shartlardan biri ari oilasini changlatiladigan maydonga yaqin qo‘yish va asalarining bu yerga uchib keladigan yo‘lida to‘siqlarning kamroq bo‘lishidir. Daryo, ko‘l, qirlar, qurilishlar, daraxtlar, zaharli gazlar, korxonalar tutini, kimyoviy chiqindilar kabi to‘siqlar qanchalik kam bo‘lsa, asalarilar ekinzorlarni shuncha tez changlata boshlaydi, to‘siqlardan uchib o‘tishga kamroq energiya sarflaydi, ularning ishlashiga xavfsizroq bo‘ladi va belgilangan maydonni changlatish uchun kamroq asalari oilasi yetarli bo‘ladi.

Katta yer maydonlarining changlanish samaradorligini oshirish uchun ari oilalarini dalaning chetidan 200–300 m ichkariga, bir-biridan 800–1200 m oraliq masofaga qo‘yish kerak. Shuni hisobga olish kerakki, changlatiladigan maydonning atrofda asalarilar diqqatini jalb qiladigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak, aks holda, ularda asalarilarning bir qismi qolib ketadi. Asalarilar bir xil o‘simlik changini iste’mol qilishi ularning ishchanlik qobiliyatini susaytirishini hisobga olib, asosiy o‘simlik yonida boshqa ekinlar ekilishga yo‘l qo‘yiladi. Tarvuz, qovun, baqlajon, bodring kabi poliz ekinlari hamda solyanka, chirmoviq, otquloq kabi o‘simliklar asalarilarning hayotiy faoliyatini kuchaytiradi. Lekin ular changlatiluvchi ekin maydonining 2/3 qismidan oshiq bo‘lmasligi kerak. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!