Аsalari oilasining mahsuldorlik darajasi va samaradorligining tahlili
Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent viloyati Parkent tumanida asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaligining asal ishlab chiqarish faoliyati o‘rganilib, asalari oilasining mahsuldorlik darajasi va samaradorligi tahlil qilindi.
2012–2014-yillarda asalari oilasining mahsuldorlik darajasi va samaradorligining tahlil natijalariga ko‘ra asalari oilasining mahsuldorlik darajasi ya’ni bir oiladan o‘rtacha 2012 yilda 18 kilogramm, 2013 yilda 20 kilogramm, 2014 yilda 21 kilogramm asal olingan. 2014 yilda 2011 yilga nisbatan uch kilogram, 2013 yilga nisbatan bir kilogram ortig‘i bilan asal olingan.
Bir oiladan asaldan tashqari o‘rtacha :
– 2012-yilda 3 kilogramm, 2013-yilda 4 kilogramm, 2014-yilda5 kilogramm gul changi;
– 2012-yilda 2 kilogramm, 2013-yilda 3 kilogramm, 2014-yilda 3 kilogramm pergo;
– 2012-yilda 3 kilogramm, 2013-yilda 3 kilogramm, 2014-yilda 4 kilogramm mum;
– 2012-yilda 200 gramm, 2013-yilda 260 gramm, 2014-yilda 300 gramm propolis;
– 2012-yilda 200 gramm, 2013-yilda 210 gramm, 2014-yilda 230 gramm ari suti;
– 2012-yilda 4 gramm, 2013-yilda 5 gramm, 2014-yilda 5 gramm ari zahari olingan.
2012–2014-yillarda fermer xo‘jaligida asalari oilasining mahsuldorligini oshirishda bir qator chora-tadbirlar qo‘llanilgan (10.1-jadval).
10. 1- jadval
Fermer xo‘jaligida asalarichilik mahsuldorligini oshishiga ta’sir etuvchi chora-tadbirlar № Ko‘rsatkichlar O‘lchovbirligi 2012-yil 2013-yil 2014-yil1 Mahsuldorlikni oshirish borasida olib borilayotgan chora tadbirlarChora tadbirlar1) yetarli oziq jamg‘arilish;
2) oziq tarkibiga shakar miqdorini yetarli ko‘shilishi;
3) gulchang o‘rniga soya doni uni, yog‘i olingan sut, pivo yoki xamirturush aralashmasini ishlatilishi1) kuchli asalari oilasidan foydalanadi;
2)asalari romlarida gul changlarning yetarli bo‘lishi;
3) oziq tarkibiga shakar miqdorini yetarli ko‘shilishi.
4) asalari oilasilichinkalarini ko‘paytirish1) duragay zotlaridan foydalanildi;
2) suvning yetarli bo‘lishi;
3) arilarning sog‘lomlashtirish ozig‘i bilan boqish (biomitsid, oqsilli oziqqa qo‘shiladi);
4) oziq tarkibi da non xamir turishidan foy dalanilanish;
5) asalari oilasi lichinkalarini ko‘paytirish;
6) asalari romlarida gulchanglarning yetarli bo‘lishi2 Asalari oilasi da asalarilar sonining o‘zgarishiming ta 50–60 60–70 80–90
10. 1- jadvalning davomi Asalari lichin kalarining ko‘payishiming ta 90–100 110–120 120–1504 Yashash davo miyligi kun 28–30 28–30 35–40 Bir asalari oilasidan asal va boshqa asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqarish natijasida 2012-yilda 497612 so‘mlik, 2013-yilda 541600 so‘mlik, 2014-yilda 615000 so‘mlik yalpi mahsulot olingan. Sotilgan mahsulot qiymati ya’ni tushum 2012-yilda 304628 so‘m, 2013-yilda 401000 so‘m, 2014 yilda 456204 so‘m bo‘lgan.
Bir asalari oilasiga 2012-yilda 220185 so‘m, 2013 yilda 268132 so‘m, 2014-yilda 300408 so‘m xarajat qilingan. Bir asalari oilasidan 2012-yilda 105557 so‘m, 2013 yilda 132868 so‘m, 2014-yilda 155796 so‘mdan foyda olingan.
Bir asalari oilasidan olingan foydaning foydalilik darajasi, ya’ni rentabellik darajasi 2012-yilda 47 foiz, 2013-yilda 49 foiz, 2014-yilda 51foiz bo‘lgan. 2014 yilda bir asal oilasining ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi 2012-yilga nisbatan 4 foizga, 2013-yilga nisbatan 2 foizga ortgan (10.2-jadval).
10. 2- jadval
Fermer xo‘jaligida asalarichilikning mahsuldorlik darajasi va samaradorligi
№ Ko‘rsatkichlar O‘lchov 2012-yil 2013-yil 2014-yil2014-yilda 2012-yilga nisbatan o‘zgarishi Asalari oilasining mahsuldorligi:
a) asal kg 18 20 21 3b) gul changi kg 3 4 5 2d) pergo kg 2 3 3 1e) propolis gramm 200 260 300 100 birligi
10. 2- jadvalning davomi
f) asalari suti gramm 200 210 230 30g) asalari zaxari gramm 4 5 5 1h) mum kg 3 3 4 1Yalpi mahsulot so‘m 497612 541600 615000 117388Sotilgan mahsulotqiymati so‘m 304628 401000 456204 151576Xarajatlar so‘m 220185 268132 300408 80223Foyda so‘m 105557 132868 155796 50239Rentabellikdarajasi % 47 49 51 4 2. 3. 4. 5. 6. Fermer xo‘jaligida asal ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish borasida fermerning fkrlarini so‘raganimizda, fermer: «Asal yetishtirishda, asosan, yosh asalarilari bor bo‘lgan kuchli asalari oilalarini ko‘paytirish kerak», – deb aytdi. Shu bois asosiy e’tiborni ona asalarilarning yuqori darajada tuxum qo‘yishi va yosh nasllarni oziqlantirishga qaratish kerak.
Kuzda shira kelishi kamayishi bilan ona asalari tuxum qo‘yishni kamaytira borib, asta-sekin tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Buning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
– ona asalarilar yosh bo‘lishi;
– uyalar issiq o‘ralgan bo‘lishi;
– ozuqa yetarli bo‘lishi;
– tabiatda asal va gulchang bo‘lishi.
Ba’zan nazorat paytida oilalarda asalari nasli yo‘qligi kuzatiladi. Bunday sharoitda oilaga yosh nasllari bo‘lgan nazorat rom beriladi va 1–2 kundan keyin takroran ko‘zdan kechiriladi. Agar ona asalari bo‘lmasa, oila kichikroq bo‘lsa-da, ularni boshqa oilaga qo‘shib yuborgan ma’qul.
Ona asalarilarning kuzda tuxum qo‘yishini uzaytirishga xizmat qiluvchi uslublar qishda kelgusi mavsumda yaxshi rivojlanadigan kuchli oilalarni shakllantirish imkonini beradi. Ammo bunda oilalar miqdori o‘zgarishsiz qoladi. Asalarichilik nafaqat asal mahsulotlari, balki ko‘plab asalari oilalari yetishtirib sotishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Qishlov davrida bu oilalarda ozuqa yetarli bo‘lishi kerak, boisi ularda ozuqa sarf ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, qo‘shimcha ona asalarilarni yotiq uyalarda asosiy oila yonida to‘siq ortida saqlash maqsadga muvofq. Bunda qutidagi asalarilar g‘ujlanadigan joyda bir-birini isitadi va o‘rtadagi to‘siq oldida qutiga tuynukchalar ochiladi. Mavsum yakunlanishi bilan asalari oilalarida yosh naslning tarbiyasi yana qizg‘in tus oladi. Gulchang oz miqdorda bo‘lsa ham, shira keltirib turilganida ona asalarining tuxum qo‘yishi muntazam ortib boradi. Kuz oylarida oilada «qishki» asalarilar guruhi shakllanadi. Shu yil chiqqan yosh ona asalari ko‘proq tuxum qo‘yishi, ularning oilalari uzoqroq muddat naslli bo‘lishi ma’lum. Bir yasharli ona asalarilar kuzda, uch yoshlilardan uzoqroq va taxminan 2 barobar ko‘proq tuxum qo‘yadi. Shunday qilib, oilalarni kuchaytirish va qishki yo‘qotishlarni kamaytirish borasidagi zaruriy tadbir keksa ona asalarilarni yoshlariga almashtirishdan iborat bo‘ladi.
Tabiatda shira bo‘lmagan paytda ularni sharbat bilan oziqlantirib, asalarilarni parvarishlash uchun kerakli choralar ko‘riladi. Uyalar qishlovga yig‘ilganida bu oilachalar qishlov uchun yetarli ozuqa va joyga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun ularga asosiy oilalardan olingan, gulchangli va asalli romlar beriladi. Yotiq uyalarda hajmidan kelib chiqib (yupqa faner to‘siq orqali bir-birini isita oladigan tarzda) 8–10 ta qo‘shimcha ona asalari joylashtiriladi. Kuzda tabiatda ozuqa tugashi bilan asalarilar romdagi yosh naslni oziqlantirishni to‘xtatadi va bu parvarish muddatlarining qisqarishiga olib keladi. Ona asalari tuxum qo‘yishi uchun asalarilarga, oz bo‘lsada, ozuqa yig‘ish sharoitini yaratish talab etiladi. Bunda asalarilarni kech gullovchi o‘simliklar maydonlariga ko‘chirish kerak. Asalari oilasiga oz bo‘lsa-da (kuniga 200–300 g) shira kelib turishi kuzda yosh ona asalari oilalarida yosh nasl miqdorining sezilarli oshishiga olib keladi. Agar bu vaqtga kelib tabiatda shira umuman tugagan bo‘lsa, asalarilar kuniga (ozuqa zaxirasi yetarli bo‘lganida kunora) 200–300 g dan shakar sharbati bilan oziqlantiriladi. Qo‘shimcha 100 oziqlantirish oiladagi yosh nasl miqdorini 30–50 foizga oshiradi, biroq tabiiy sharoitdan yig‘ilgan ozuqa faolroq ta’sir ko‘rsatadi.
Uyadagi nasl miqdori oshishi uchun shira keltirilishi yoki shakar sharbatidan tashqari oilalarda oqsilli ozuqa – gulchang ham bo‘lishi kerak. Odatda, bu paytga kelib kechki ekilgan makkajo‘xori, kungaboqar va boshqa o‘simlik maydonlari yetarli miqdorda gulchang bera oladi, shuning uchun ari uyalari kechki ekilgan makkajo‘xori, kungaboqar va boshqa o‘simlik maydonlariga ko‘chirib turiladi.
Fermer xo‘jaligida asalarichilikning mahsuldorligini oshirishda va asal ishlab chiqarishni ko‘paytirishda quyidagilar talab etiladi:
– asalari zotlarini yaxshilash, ularning serpusht va sermahsulligini oshirish;
– chet davlatlardan zotli ona arilarini keltirish;
– asalarchilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklarida
asalarilarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bo‘yicha holatini o‘rganish va ularga qarshi choralarni qo‘llash;
– asalarichilik mahsulotlari hamda jihozlarini sotishga ixtisoslashgan maxsus savdo do‘konlarini tashkil qilish;
– asalarichilik fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish;
– investitsiya va homiylarni jalb etish;
– lizing asosida mini texnologiyalar, jihozlar va asalari pavilyonlarini keltirishni yo‘lga qo‘yish;
– ilg‘or asalarichilar va asalarichilik xo‘jaliklari ish tajribalarini hamda fan yutuqlarini ommalashtirish;
– asalarichilar haqida radio va teleko‘rsatuvlarni matbuotda muntazam yoritib borish ;
– tabiatda shira bo‘lmagan paytda ularni sharbat bilan oziqlantirib, asalarilarni parvarishlash uchun kerakli choralar ko‘rish;
– gulchang bera oladigan kechki ekilgan makkajo‘xori, kungaboqar va boshqa o‘simlik maydonlarini yetarli miqdorda ko‘paytirish.
Respublika barcha toifa xo‘jaliklarida asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlar soni 7010 tani tashkil etib, 2009- yilga nisbatan 138 foizga, asalari oilalari soni esa 168 foizga ko‘paydi, ya’ni 2009- yilda 142 038 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2011- yilga kelib 238 607 ta oilaga yetkazildi. Asal ishlab chiqarish 2009- yilda 2 329,4 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2011- yilga kelib 3 786 tonnaga yetdi yoki uch yilda 162,5 foizga oshdi. 2011- yilda yangidan 917 ta shaxsiy, yordamchi va dehqon xo‘jaliklari, 182 ta fermer va 10 ta o‘rmon xo‘jaliklarida asalarichilik subyektlari tashkil etilib, qo‘shimcha 2 mingdan ortiq yangi ishchi o‘rinlar yaratildi.
O‘tgan 2009–2011- yillar davomida asalarichilik mahsulotlari va jihozlarini sotishga ixtisoslashgan 47 ta maxsus savdo do‘konlari va zamonoviy texnologiyalar asosida jihoz ishlab chiqaradigan 39 ta sex hamda 11 ta qayta ishlash hamda qadoqlash mini sexlari tashkil etildi. Tashkil etilgan sexlar tomonidan 36 139 ta asalari qutisi, 413 460 ta asalari romi, 747 ta tutatkich, 829 ta pichoq va iskanalar va 703 ta yuz niqoblari mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarilib, asalarichilik subyektlarga yetkazib berildi.
Asalarichilikni rivojlantirish dasturiga muvofq 2014-yilda 834 ta (76,4%) loyiha ishga tushirildi va ularda 41 ming 230 ta (rejaga nisbatan 110%) asalari oilasi tashkil qilindi. Ushbu maqsadlar uchun jami 19,2 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan 4,8 mlrd. mln. so‘m tijorat banklarining kreditlari yo‘naltirildi.
2014-yilda jami asalarichilik subyektlari soni 9 ming 618 taga yetkazilib, ularda 424 ming 145 ta asalari oilasi parvarish qilinmoqda (2013-yilga nisbatan 111%). Asalarichilik uyushmalari tomonidan chetdan 2 ming 320 ta naslli ona arilar olib kelindi va shu orqali 80 mingdan ortiq asalari paketi tayyorlandi. Ushbu paketlarning 37 mingtasi xorijiy davlatlarga eksport qilindi, 43 mingtadan ortig‘i yangidan tashkil etilgan subyektlarga yetkazib berildi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida asalarichilik mahsulotlarini sotadigan 14 ta maxsus savdo do‘konlari tashkil qilindi va ularning soni 124 taga yetkazildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014-yilning o‘tgan davrida 9 ming tonna asal ishlab chiqarildi (2013-yilga nisbatan 127%) va 2300 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2015-yilda asalarichilik yo‘nalishida amalga oshirilgan 988 ta loyihada 49 ming 60 ta asalari oilasi boqish tashkil etildi. Bu loyihalar uchun sarflangan 34 mlrd. 538 mln. so‘m mablag‘ning 9 mlrd. 694 mln. so‘mini tijorat banklari kreditlari tashkil etadi. Loyihalarni amalga oshirish natijasida 1904 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2011- yilda Ukraina Respublikasi Zakarpatiya viloyatidan 3730 AQSh dollariga 1878 ta Karpat zotli naslli ona asalari keltirildi. Keltirilgan naslli ona asalarilari ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Amudaryo Poshnam» fermer xo‘jaligiga 200 bosh, Andijon asalarichilar uyushmasiga 50 bosh, Qashqadaryo viloyatidagi «Asqarov Niyoz» fermer xo‘jaligiga 100 bosh, Navoiy viloyat asalchilik uyushmasiga 500 bosh, Surxondaryo asal uyushmasiga 100 bosh, Farg‘onaga 478 bosh, Xorazm viloyatiga 300 bosh va Toshkent shahar asalarichilar uyushmasiga 150 bosh asalari berildi.
Asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi barcha toifa xo‘jaliklari bilan 2591 ta zooveterinariya punktlari o‘rtasida barcha zooveterinariya servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzilib, ular tomonidan asalari kasaliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashishda dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha barcha servis xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Asalarichilik xo‘jaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 31 ta pavilyon tarqatildi.