about persons photo

Аsalarichilikda asalari oilalarini tanlash

November 11, 2020
+20 ko'p
1

Zotli asalari tayyorlash yoki toza zotni ko‘paytirish ommaviy fenotipik va individual, genotipik tanlash, ya’ni oddiy va murakkab zotlararo sanoat chatishtirish asosida olib boriladi. Ommaviy tanlash asalarichilik fermer xo‘jaligida asalarilar oilasining foydali xo‘jalik va zot sifatlarini yaxshilashda eng qulay va sinalgan usuldir. Uning mohiyati reja asosida eng yomon asalarilar oilasini yo‘qotib, eng yaxshi oilalarni jadal ravishda ko‘paytirishdir. Asalarichilikda asalari oilalarini tanlashning asosiy mazmuni asal mahsuldorligidir. Uni ko‘paytirish esa naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Unda arilarning qishlovga, kasalliklarga chidamliligi, ona asalarining serpushtligi, asalari oilasining qay darajada rivojlanganligi, roylarga (ko‘chga) ajralishi, mum mahsuldorligi va, umuman, asalarichilikning rentabelligi kabi foydali xo‘jalik belgilari ham hisobga olinishi kerak. Asalarilarning mahsuldorligi olingan yalpi asal miqdori bilan baholanadi. Buning uchun qishda asalarining bitta oilasiga yoki uning bir yo‘lagiga sarf qilingan oziq miqdori, qishlovga kirgan va qish vaqtida nobud bo‘lgan asalarilar soni (gramm yoki yo‘lak hisobida), arixonaning o‘tish darajasi aniqlanadi.

Asalari oilasining sog‘lomligi, u yoki bu kasalliklarga chidamliligi tuxumdan chiqqan lichinka va yetuk asalarilarni doimiy ravishda ko‘rib chiqish va veterinariya-bakteriologik laboratoriyalarda analiz qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Nasldor oilalar mutloq sog‘lom bo‘lishi kerak.

Asalari oilasining kuchini uyadagi asalari miqdoriga (bitta romda 200–250 asalari bo‘ladi) va ona arilarning romdagi nasl bo‘yicha serpushtligiga (ochiq va pechatlangan naslni birga olgandi) qarab bahorda, asosiy asal yig‘ish vaqtining boshlanishida va kuzgi taftish o‘tkazish vaqtida aniqlanadi. Asalarining roylanish, ya’ni oilalarga ajralib ketish xususiyatiga baho berish quyidagi oddiy shkala bo‘yicha aniqlanadi: arilar yangi oilaga ajralish (roylanish) holati bo‘lmadi; oilaga ajralish holati bo‘ldi, lekin ajralmadi; yangi oilaga ajraldi. Asalarining mum yig‘ishdagi mahsuldorligi mumdan sun’iy qurilgan inlar soni bilan belgilanadi. Shunday qilib, mavsum oxiriga kelganda asalari oilalari yuqorida aytilgan belgilar bo‘yicha baholanib, uch guruhga ajratiladi.

Birinchi guruhga nasldor asal yig‘ishda mahsuldorligi bo‘yicha asalarichilik xo‘jaliklarining o‘rta ko‘rsatkichidan 1,5–2 barobar yuqori natija bergan, qishlovdan yaxshi chiqqan, kasallanmagan, serpusht ona arisi bo‘lgan 10–15 % eng yaxshi asalari oilalari kiradi. Bundan tashqari, birinchi guruhga kiradigan asalari asl zotli bo‘lishi, ya’ni hamma mavjud belgilari bilan shu zot talablariga javob berishi kerak. Masalan, agar o‘rta rus zoti bo‘lsa, uning tanasi sariq rang bo‘lmasligi, asal muhri oq (quruq) bo‘lishi kerak va boshqalar.

Ikkinchi guuruhga eng katta mahsuldorligi xo‘jaliklarning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga teng bo‘lgan asalari oilalari kiradi.

uchinchi guruhga asalari oilasida qishlov vaqtida faqat 10–15 % asalari qolgan, eng yomon belgilarga ega bo‘lgan va kam mahsul oilalar kiradi. Bu guruhga mansub oila shu mavsumning o‘zida yoki kelasi mavsumda brak qilinadi. Kelasi mavsumda nasldor oilalar sifatida birinchi guruh oilalardan foydalaniladi. Ikkinchi guruhga mansub oilalardagi ona arilar birinchi guruhda yetishtirilgan ona ari bilan almashtiriladi. Birinchi guruhdagi qari ona arilarni almashtirish va yangidan tashkil qilinadigan shoxobchalarga ona ari o‘tkazish uchun shu guruhning eng yaxshi oilalarida tarbiyalangan ona arilar tanlanadi.

Birinchi guruhdan ajratib olingan trutenlar (erkak arilar) oilasida ko‘plab trutenlar yetishtirish uchun nihoyatda qulay sharoit yaratilishi kerak. Masalan, 1–2 ota ari mum inlarga qo‘yiladi, uyalar yaxshilab isitiladi, doimiy ravishda rag‘batlantiruvchi oziq beriladi. Shuningdek, asalarichilik xo‘jaligining boshqa oilalarida trutenlar yetishib chiqmasligi uchun butun chora-tadbirlarni ko‘rish zarur. Asalari naslini yaxshilash ishlari mavaffaqiyatli o‘tishi uchun, ayni paytda, orasi 12–15 km bo‘lgan qo‘shni asalarichilik xo‘jaligida ham tumanlashtirilgan zot ustida ish olib borilishi kerak. Aks holda, ona arilarning ko‘pchiligi mahsuldorligi past bo‘lgan qo‘shni xo‘jalikdagi erkak arilar bilan juftlashishlari mumkin.

Yosh ona arini urchitish uchun begona erkak asalari oilasidan olish maqsadga muvofq. 3–4 yildan keyin bir zotga tegishli asalarilarni ko‘paytiradigan va bir-biridan 25–30 km uzoqlikda joylashgan ikkita qo‘shni xo‘jalikdagi nasldor asalari oilalarini almashtirish yaxshi samara beradi, ya’ni bir oilaning ona va erkak arilarini juftlashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bo‘g‘indan bo‘g‘inga o‘tkaziladigan ommaviy tanlash asalari oilalari zot belgilarining yangi oilalarga turg‘unlik bilan o‘tishini ta’minlaydi. Natijada keyingi bo‘g‘inda ham yuqori mahsuldorlik va boshqa foydali xo‘jalik belgilari saqlanib qoladi.   

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
Berlinda «Yashil hafta» xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

O'zbekiston Yangiliklari  -   01.20.2021
+ 14 ko'p
1
image news
Mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

O'zbekiston Yangiliklari  -   01.20.2021
+ 30 ko'p
1