• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Asalarichilikda kompyuter texnologiyasidan foydalanishni tashkil etish va uning afzallliklari
about persons photo

Asalarichilikda kompyuter texnologiyasidan foydalanishni tashkil etish va uning afzallliklari

November 24, 2020
+21 ko'p
2

Agrar sektorni kompleks rivojlantirish asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Buning uchun asalarichilik tarmog‘idagi hamkor korxonalar faoliyatini muvofqlashtirishda katta hajmdagi axborotlar majmuyi zarur bo‘ladi. Chunki asalarichilik tarmog‘idagi barcha agrotexnik jarayonlarni obi-tobida amalga oshirish uchun zaruriy qarorlar qabul qilishda axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash zarurati vujudga keladi. Masalalarning murakkabligi va mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda iqtisodiy tahlil, ekspert baholash kabi usullardan foydalaniladi. Qaror qabul qilishdan oldin asalarichilik xo‘jaligi rahbari quyidagilarni aniqlab olishi shart:

1) harakat maqsadi va unga erishish yo‘llarini;

2) muammoning muhim taraflarini;

3) kerakli moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini;

4) hamkor korxonalarning vazifalarini;

5) vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini.

Asalarichilik murakkab tarmoq bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda qator hamkor korxonalar va boshqa infratuzilmalar o‘z professional vazifalari bo‘yicha ishtirok etadi. Shu boisdan bunda boshqaruv qarorlari jamoa demokratiyasi va o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan barcha korxonalarning qaror qabul qilishda qatnashuvida amalga oshadi. O‘zini o‘zi boshqarish asosida ishlab chiqarish kuchlarining birlashtirilishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga olib keladi. Har bir murakkab qarorlarni qabul qilish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) maqsadni aniqlash, muammoni tushunish va kerakli axborotni yig‘ish;

2) yig‘ilgan axborotni klassifkatsiya qilish, tahlil qilish va baholash, ya’ni axborotni qayta ishlash;

3) qarorlarning turli variantlarini ishlab chiqish;

4) variantlarni tahlil qilish, muhokama qilish va baholash;

5) oxirgi va optimal variantni qabul qilish;

6) har bir qarorni kerakli shaklda hujjatlashtirish;

7) qarorning ijrochiga qo‘yilishi;

8) qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;

9) qarorlar bajarilishining nazorati va hisobi.

Bozor iqtisodiyotining murakkab va tez o‘zgaruvchan sharoitida yuqoridagilarni hisobga olgan holda boshqaruv xodimlari qulay, samarali axborot tizimlari hamda texnologiyalardan foydalanishga zarurat sezadi. Chunki aynan shu narsa ishni osonlashtiradi, vaqtning rejalashtirishga imkon beradi.

Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu bilan birga, yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotlar bilan bog‘liq idora faoliyati ham muhim o‘rin egallaydi. Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari asosida axborotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiriruvni amalga oshiradigan «elektron ofs» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron ofsning asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborotni qayta ishlashdir. Elektron ofsni tashkil etish boshqaruvda samarali qaror qabul qilishni ta’minlaydi. Elektron ofs boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni axborot bilan yaxshiroq ta’minlash imkonini beradi. Agrar sektor boshqaruvida to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qilishda elektron ofsni joriy etish maqsadga muvofq.

Axborot boshqaruv tizimida alohida o‘rin tutadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari bor, bu xususiyatlar axborot barcha vazifalarni, boshqaruvning barcha darajalarini kesib o‘tishidan kelib chiqadi.

Axborot – bu boshlang‘ich nuqtasi ham, boshqaruv apparati ish natijasi ham, zarur shart hamda amalga oshirilayotgan harakatlarni qayd etish uslubi hamdir. Axborot hajmi bilan birga boshqaruv axborotining sifat xususiyatlariga talab ham ortadi.

Boshqaruv jarayonida olingan axborotni boshqaruvga oid qarorlarni ishlab chiqish, boshqaruv buyruqlari shaklida axborotni uzatish va uni ijrochilarga yetkazish maqsadida to‘plash, berish va qayta ishlashdan iborat.

Axborotning turli shakllari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy, buxgalteriya, moliyaviy, ta’minot, kadrlarga oid, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar.

Agrar sektor ishlab chiqarishini boshqarishda iqtisodiy axborot muhim vazifani bajaradi, chunki u moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Shuningdek, ilmiy-texnikaviy jihatdan ham axborotning ahamiyatini pasaytirib bo‘lmaydi, u ilm-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettiradi.

Axborot kelib chiqish manbalariga ko‘ra ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Tashqi axborot tashqi muhit xabarlaridan iborat bo‘ladi. Bunga buyruqlar, rejali topshiriqlar, mahsulotning sotilishi to‘g‘risidagi xabarlar va boshqalar kiradi. Ichki axborot korxonaning o‘zida yoki uning boshqaruv bo‘g‘inida ishlab chiqiladi va foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligida bu fermerlar, brigadalar tomonidan rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi, moddiy texnika ta’minoti, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Yo‘nalishiga qarab axborot boshlang‘ich va boshqaruvchi (buyruq) axborotiga bo‘linadi. Buyruq axboroti boshlang‘ich axborotni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilish natijasidir. Boshlang‘ich axborot quyi bosqich boshqaruv tizimlaridan yuqoriroq boshqaruv tizimi tomon harakatlanadi, buyruq axboroti esa qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Agrar sektorda axborot davriylikka ko‘ra o‘z ahamiyatini turlicha saqlaydi. Doimiy darajasiga ko‘ra uni doimiy, shartli doimiy va o‘zgaruvchanga ajratish mumkin. Qishloq xo‘jaligi yetishtiradigan mahsulotlar biologik xususiyatga ega bo‘lgani uchun unda, ya’ni asalarilarni parvarishlashda ob-havo va boshqa turli tabiiy, biologik, ta’minot va boshqa xususiyatlar o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Doimiy axborot uzoq vaqt davomida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi (korxona va bo‘linmalarning nomlanishi, mahsulot turlari). Shartli doimiy axborot muayyan vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlab turadi. Unga turli me’yor va me’yoriy hujjatlar ( moddiy va mehnat harajatlar, narxlar, tariflar va boshqalar) mansub bo‘ladi. O‘zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti va tegishli ravishda boshqaruvchi jarayonlarning holati sur’atini aks ettiradi, bu esa qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez qayta ishlashni talab etadi, aks holda, uni olish ma’nosiz bo‘lib qoladi.

Boshqaruv amaliyotida ishlab chiqariluvchi (ikkilamchi) axborot ham keng ishlatiladi. U birlamchi axborotni qayta ishlash mahsuli hisoblanadi.

Axborot yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi, u boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti shaklida namoyon bo‘ladi. Axborot ta’minoti ishonchli, o‘z vaqtida, xolis mazmunli va ma’lumotlarni qabul qilish hamda qarorlar qabul qilish uchun ochiq bo‘lishi kerak. Axborot hajmi minimal bo‘lishi lozim, ayni paytda ma’no mazmuni maksimum bo‘lishi, axborot matni esa qisqa va aniq bo‘lishi kerak. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!