• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan yangi korxona shug‘ullanadi
about persons photo

Bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan yangi korxona shug‘ullanadi

April 19, 2021
+368 ko'p
4
 
http://yoshfermer.uz/storage/posts/April2021/920__95_2683067150.jpg
Caption

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida «Agroservis operator» davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Hujjat prezidentning 2020-yil 11-avgustdagi «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida «Agroservis operator» davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar «Agroservis operator» DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barqaror rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirish;
  • bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
  • raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash, shuningdek mamlakat eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish va boshqalar.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • «Agroservis operator» DUK ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlash;
  • «Agroservis operator» DUK moddiy-texnik bazasini yaratish, shu jumladan uni joylashtirish hamda yuqori malakali kadrlar bilan jamlash choralarini ko‘rish.

Quyidagilar «Agroservis operator» DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
  • xo‘jalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
  • bog‘ va tokzorlarni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga «Agroservis operator» DUK tomonidan yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta'minlash topshirildi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!