• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda marketing xizmatini tashkil etish va uning afzalliklari
about persons photo

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda marketing xizmatini tashkil etish va uning afzalliklari

November 23, 2020
+9 ko'p
1

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizda ishlab chiqarish va sotishni boshqarishning marketing deb nomlangan yangi bozor konsepsiyasi ommaviylashdi. Marketingning asosiy vazifalari: talabni o‘rganish, tovar assortimentini shakllantirish, narxlarni tartibga solish, tovarlar sotilishini rag‘batlantirish.

Reklama – marketingning muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi asosiy ta’kidlar shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar hozirgi iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi va bunda marketing faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita aloqador.

Yagona marketing strategiyasi doirasida reklama ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi, bozorga chiqishda esa talabni hisobga olgan holda tijorat natijalariga erishishga olib keladi.

Marketing tizimining mantiqiy tarkibiy qismi bo‘lgan reklamaning farqlovchi belgisi shunchaki talabni shakllantirish emas, balki iste’molchilarning tanlab olingan segmenti ichida uni boshqarishdir. Bunga shuning uchun ham imkon tug‘ildiki, birinchidan, bozor– iste’molchilarning didi va talablarini aks ettiruvchi segmentlar yig‘indisidir. Firmalar uchun maqsad kuch-g‘ayratlarini butun bozorga sochmasdan, tanlab olingan segmentga iloji boricha ko‘proq kirib borishdan iboratdir. Ikkinchidan, mahsulotni va tegishlicha uning reklamasini tabaqalashtirish (differensiatsiyalash)ga asos bo‘luvchi talab o‘zgarishlarini yetarlicha aniq bilish mumkin.

Asalarichilik mahsulotlari reklamasi asosiy mahsulot bo‘lgan asalga, shuningdek, ikkilamchi mahsulot bo‘lgan asalari suti, perga, asalari zahari, propolis, asalari mumi hamda ushbu mahsulotlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qaratiladi.

Tovarlarni tabaqalashtirish reklama faoliyatini yengillashtiradi va uning samaradorligini oshiradi. Foyda hajmi va reklama uchun zarur bo‘lgan mablag‘, odatda, tabaqalashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari muntazam ravishda ko‘payib bormoqda va tovarlarning iste’mol xususiyatlari emas, balki ularning imij-bilding, ya’ni yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish qulayligi, kafolat ta’miri shartlari va shu kabi tavsiflari talab omillari sifatida oldinga chiqmoqda. Bugungi kunda xorij bozorlarida tovarlar jozibadorligining muhim unsuri (elementi) ular sotilganidan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi hisoblanadi.

Shunday qilib, bir tomondan, reklama mahsulot sotishni rag‘batlantirishning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan moslashuvchan vositasiga, boshqa tomondan esa, birlashgan reklama-axborot kommunikatsiyasining yangi turiga aylanmoqda.

Muayyan bozor vaziyatidan kelib chiqib belgilanadigan maqsadlarga ko‘ra, reklama quyidagi vazifalarni samarali hal qilish mumkin:

– axborot berish (yangi tovar, muayyan voqea, frma va sh. k. haqida xabardorlik va bilimlarni shakllantirish);

– uqtirish (tegishli iste’molchi tomonidan frma qiyofasi va uning tovarlarining asta-sekin, muntazam ravishda ma’qul ko‘rishini shakllantirish; xaridorni xarid qilishga ishontirish; sotib olish faktini rag‘batlantirish va sh. k.);

– eslatish (xabardorlikni qo‘llab-quvvatlash, xaridlar orasida iste’molchilarning xotirasida tovar haqidagi axborotni saqlash; ushbu tovarni qayerdan sotib olish mumkinligini eslatib turish) va boshqa vazifalar.

Shunday qilib, reklama odamlar hayotining murakkab iqtisodiy va ijtimoiy hodisasi sifatida ko‘p sohalardagi keng bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun reklama marketing kommunikatsiyalari tizimidagi markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!