about persons photo

Chetdan keltirilgan mollarni boqish foydalimi? Biznes reja!

January 18, 2021
+1740 ko'p
4

Chetdan keltirilgan mollarni narxi o‘zimizning mahalliy mollardan ancha yuqori. Ko‘pincha fermerlar faqat kredit mablag’lari evaziga mol olib kela oladi, chunki bu jarayon katta investitsiyalar talab etadi. Lekin, ularni boqish qanchalik foydali? Qancha vaqtda ularni olib kelgan xo‘jaliklar kreditlarni qaytara oladi va qolaversa, xo‘jalikdagi doimiy xarajatlarni qoplay oladilarmi? Ushbu savollarga quyida javob berishga harakat qilamiz.

Hozirgi paytda O‘zbekiston bozoriga qoramolchilik mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori va aholining o‘sishi, uning ijtimoiy ahvolining yaxshilanishi ushbu talabning doimiyligini ta’minlashi shubhasiz. Demak, biznesning asosiy mezoni, ya’ni mahsulotga bo‘lgan talab mavjudligi bunday faoliyatni boshlashga yoki davom ettirishga (rivojlantirishga) undaydi.

Ikkinchi masala, go‘sht va sut ishlab chiqarish jarayonlarini rentabelligi, yoxud foydaliligi. Ayniqsa, chetdan olib kelinadigan qoramollarni parvarishlash qanchalik foydali? Biz bu savolni sut yo‘nalishidagi Golshteyn zotli sigirlarda ko‘rib chiqsak.

Sut yo‘nalishidagi qoramollarning eng sermahsuli bu Golshteyn zotli sigirlar. Bunday zotga mansub homilador g’unajinlarni importi hozirda keng tarqalgan va ularni sotib olish unchalik katta muammo emas. Bu sigirlani O‘zbekiston sharoitida 25 litr va undan ortiqroq sut berishini hisobga olsak, ular oddiy xo‘jalikni jadal sutchilik xo‘jaligiga aylantirishi muqarrar.

Albatta, bunday sigirlarni ozuqaga va parvarish sharoitlariga bo‘lgan talablari ancha yuqori. Xo‘jalikdagi mol bosh sonidan qat’iy nazar qilinayotgan xarajatlar va olinayotgan mahsulot miqdorini hisoblab borish juda muhim. Quyidagi jadvalda kuniga 25 litr sut beradigan va tana vazni 550-600 kg ni tashkil etgan sigirlar uchun ozuqalar miqdori hozirgi narx-navolar bilan keltirilgan (yanvar, 2020).

Sigirlar odatda bir yil hisobida 305 kun sut beradi va 60 kun dam olib, navbatdagi sut berish davrga tayyorlanadi. Sutdan tashqari biznes rejada sigirlardan olinadigan buzoqlar va go‘ngni ham inobatga olamiz. Bunda bir yillik naslli g’unajinlarni o‘rtacha narxi (tana vazni 280-300 kg) 12 mln. so‘m bo‘lsa(280 kg x 40.000 so‘m), ularga shu davrgacha ketadigan xarajatlar 5 mln. so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, Golshteyn zotli sigirlardan bir yilda 8 tonna go‘ng olinadi. Hozirda bir tonna go‘ngning narxi 200 ming so‘m bo‘lsa, 8 tonnasi 1,6 mln. so‘m. Sigirlar 60 kun sutdan chiqqan davrda o‘rtacha 1.080.000 so‘mlik ozuqalar iste’mol qiladi.

Kuniga o‘rtacha 25 litr sut mahsuldorligiga ega va tana vazni 550-600 kg ni tashkil etgan sigirlarning rentabellik hisob kitobi*

*O‘zbekiston sharoitidagi ommalashgan ozuqalar misolida

** Yog‘liligi 3,8%li sutning eng past ulgurji xarid narxi

Agarda sutchilik xo‘jaligida barcha ozuqalar sotib olinsa, yuqoridagi jadvaldan kelib chiqqan holda bir litr sutning tannarxi 2.072 so‘mga teng. Demak, bunday holatda ushbu biznesdan oladigan daromad quyidagicha bo‘ladi:

Demak, ozuqalarning hozirgi narxlardan kelib chiqqan holda, bir bosh Golshteyn zotli sigirdan bir yilda 14.479.000 so‘m sof foyda olinadi. Biroq, bu yerda 2020 yil boshi hisobga olingan, sizning sharoitingizda ozuqalar, sut narxi va boshqalar farq qilishi mumkin, shuni hisobga oling. Lekin, eng asosiysi, yuridik maqomiga ega bo‘lgan chorva fermer xo‘jaligi ozuqa yetishtirish uchun yer ajratilishini hisobga olsak, sutchilik qoramolchiligi ancha serdaromad biznes ekanligi shubhasiz. Faqatgina, ushbu biznesda o‘ziga xos xavf-xatarlarni oldini olish uchun yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ozuqa bazasi hamda sigirlar parvarish uchun yaxshi sharoitlarni ta’minlash lozim.

1 shartli qoramol (yilqi) uchun chorva fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan yer maydonlari*:

Toshkent, Farg’ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida bir bosh shartli mol uchun 0,3 ga sug’oriladigan yerl beriladi. Lalmi shartli sug’oriladigan yerlardan 0,45 ga, sug’orilmaydiganidan esa 1,5 ga.

Surxondaryo, Qashqadaryo, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa bir shartli molga 0,45 ga sug’oriladigan yer beriladi. Qolgan yerlardan 1,5 ga.

*10 qo‘y bir shartli molga teng. Shu bilan birga 250 tovuq ham.

Sigirlarni optimal sonini hisoblash.

Agar bir bosh sigir bir yilda 300 kun sut bersa, unda uluksiz sut ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash uchun 6 dan ko‘p sigirlar podasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunda 5 boshi doimiy ravishda sut beradi.

To‘g’ridan to‘g’ri xarajatlar bilan birga fermerlar uchun qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqadi (asosiy vositalarning ammortizatsiyasi, elektr energiya, mol-mulk solig’I va boshqa doimiy xarajatlar). Har bir fermer uchun bunday xarajatlar hajmi har xil bo‘lib, binolar, inshootlar va yer maydonlarining narxiga bog’liq. Bu xarajatlar doimiy bo‘lib, ishlab chiqarish hajmiga bog’liq emas.

Samarali xo‘jaliklar uchun qo‘shimcha xarajatlar optimal miqdorda to‘g’ridan-to‘g’ri xarajatlarning 20% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorida o‘rnatish tavsiya etiladi. Shu sababli chorva mollarining eng maqbul miqdori quyidagi usul bo‘yicha ushbu xarajatlar qiymatiga qarab belgilanadi:

1. Fermer xo‘jalikning xarajatlari 6 ga ko‘paytiriladi. Kutilayotgan miqdordan fermer xo‘jaligining umumiy xarajatlari olinadi.

2. 1 bosh sigir uchun to‘g’ridan-to‘g’ri va qo‘shimcha xarajatlarni aniqlash:

Buning uchun to‘g’ridan-to‘g’ri xarajatlar 1,2 ga ko‘paytiriladi, ya’ni:

21.621.000 x 1,2 = 25.954.200 so‘m

Fermer xo‘jaligini daromadlarini hisoblash.

Fermer xo‘jaligining kutilayotgan pul oqimini hisoblashda 2 chi ustundagi raqamlar sigirlar soniga ko‘paytiriladi.

Zotdor sigirni sotib olishda olinadigan daromad:

1 sigirning narxi 2.100 € (yevro)

Konvertatsiya kursi 1 € (yevro) – 12.162 so‘m (12.09.2020)

Sigir narxi so‘mda 2.100 x 12.162 = 25.540.200 so‘m. Investitsiya samaradorligi: daromadning investitsiyalarga nisbati 10.145.800 / 25.540.200 = 39.7%

Mablag’larning bunday qaytishida fermerning sigirga qilgan xarajatlari 3 yil ichida qoplanadi.

Agar fermer sigirlar sonini ko‘paytirsa, taqqoslagan hisoblar o‘zgaradi, loyiha rentabelligi oshadi.

Manba: Qoramolchilikka faol investitsiyaning asosiy mezonlari. H. A. Hamdamov, F. A. Xudoyorova va boshqalar. manba: @chorvasos

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
🔰Siz agrosanoat sohasida katta daromad egasi bo'lishni istaysizmi?

Chetdan keltirilgan mollarni narxi o‘zimizning mahalliy mollardan ancha yuqori. Ko‘pi...

Agro  -   07.15.2023
+ 155 ko'p
1
image news
"Biznes reja tuzish va bank suhbat" mavzularida seminar bo'lib o'tdi

Chetdan keltirilgan mollarni narxi o‘zimizning mahalliy mollardan ancha yuqori. Ko‘pi...

Agro  -   04.11.2023
+ 260 ko'p
1
image news
Yer ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Chetdan keltirilgan mollarni narxi o‘zimizning mahalliy mollardan ancha yuqori. Ko‘pi...

Agro  -   04.10.2023
+ 262 ko'p
3