about persons photo

Dehqon xo‘jaliklariga yagona soliq stavkasi belgilanadi.

December 04, 2020
+772 ko'p
2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra:

•   barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i uchun soliq solish ob’ektidan chiqariladi;

•   dehqon xo‘jaliklariga 1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida yagona soliq stavkasi belgilanadi.

Shuningedk, ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi:

•   birinchi bosqichda (2021–2023 yillar) – ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi ob’ektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan;

•    ikkinchi bosqichda (2022–2024 yillar) – yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan.

Bundan tashqari, foydalanishga ruxsat etilgan yer uchastkalari turlari klassifikatorlari va ularga bo‘lgan huquqlarni tugatish uchun asoslarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi Yer kodeksi tayyorlanadi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!