about persons photo

Dezinfeksiya

November 17, 2020
+21 ko'p
3

Quyonlarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni (bakteriya va viruslarni) tashqi muhitda fiziologik, kimyoviy va biologik usullar bilan yo‘qotish choralari majmui – dezinfeksiya deb ataladi.

Dezinfeksiyaning quyidagi turlari mavjud:

profilaktik dezinfeksiya (quyonxona, katak, suv va shu kabi quyon boqishga daxldor narsalarning yuqumsizlantirilishi);

kundalik dezinfeksiya (jonivorlar atrofidagi buyumlar dezinfeksiyasi);

yakuniy dezinfeksiya (kasal quyondan xalos bo‘lgandan so‘ng u yashagan katakda o‘tkaziladi).

Usullarning qo‘llanilishi:

fiziologik usulda: to‘yingan suv bug‘i, issiq havo, ul'trabinafsha nurlardan yoki qaynatish usulidan foydalaniladi;

kimyoviy usulda: eritma, kukun va gazlar ko‘rinishidagi dezinfeksiya moddalari qo‘llaniladi, changyutkichlardan foydalaniladi.

Dezinfeksiya odatda sanitar ishlov berish jarayonida amalga oshiriladi.

Dezinfeksiya tadbirlari yilda 2 marotaba bahor va kuz fasllarida shuningdek, xo‘jalikda yuqumli kasallik vujudga kelganida o‘tkazilishi shart.

Dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad – kasallikning ta'sirli boshlanishini zararsizlantirish yoki barham berish bo‘lib, jonivorlar sayr qiladigan yaylovlar, go‘ng yig‘iladigan idishlar va shu kabi joylarni (jonivor tegadigan tashqi yuza va jismlardan tashqari) zararsizlantirishni ko‘zda tutadi.

Dezinfeksiya amallariga kirishishdan oldin asbob-uskuna va anjomlar ifloslik, chiqindi, momiq, to‘shama kabilardan tozalanadi.

Quyonxona devorlari va polini dezinfeksiya qilish mobaynida aksariyat hollarda yangi ivitilgan ohak suvi ishlatiladi. Kataklar va quyonxonaning ayrim yog‘och qismlariga formalin, kreolin, o‘tkir natriy, lizol eritmalari bilan ishlov beriladi. Metall kataklar, ularning ayrim qismlari (aralash materiallardan tayyorlangan kataklarning metall panjara va pollari) payvandlash lampasining olovi bilan qizdirib chiqiladi.

Aerozolli dezinfeksiya mobaynida (quyonlar ko‘chirib o‘tkazilmagan hollarda) har 1 m3 ga 20 mg sut kislotasi, 20 mg vodorod peroksidi eritmalari qo‘llanilib, 20-30 daqiqa bardosh berdiriladi.

Dezinfeksiya vositalarini tayyorlash usullari:

2% li formalin – 1 stakan formalin 1 chelak sovuq suvda eritiladi;

2% li o‘tkir natriy – 200 gr modda 1 chelak issiq suvda eritiladi;

kaustik (o‘tkir) soda – 200 gr soda 1 chelak issiq suvda eritiladi (sanab o‘tilgan dezinfeksiya vositalarining 1 litri pol va devorlarning 1 m2 ga sarflanadi);

kul suvi (ishqori suv) – 2 kg yog‘och kuli 1 chelak issiq suvda eritiladi, ushbu eritma 2 soat qaynatilgach tindiriladi, ushbu suv 4 chelak suvda aralashtiriladi va takror qaynatiladi va qaynoq holatida qo‘llaniladi.

xlorli ohakning 1, 2 va 5 % li eritmasi – yog‘och anjomlar, kataklarning yog‘och qismlari va hududni dezinfeksiyalash uchun qo‘llaniladi;

xloramin B – 1:10 nisbatdagi suv eritmasi.

Isitilgan eritmalar (50-600S) sovuq holatiga nisbatan samaraliroqdir.

Jonivorlarni parvarishlash uchun maxsus xalat yoki kombinezon va poyabzalga, yaxshisi rezina poyafzalga (qishki poyafzaldan tashqari) ega bo‘lmoq lozim. Ushbu kiyim va poyabzallarni vaqti-vaqti bilan tozalab dezinfeksiya qilish shart.

Quyonxonaga kiraverishdagi bo‘sag‘aga dezinfeksiyalovchi eritma bilan namlangan gilamcha to‘shab qo‘yish lozim.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!