about persons photo

Dunyodagi eng qimmat za'faron vatani Kashmir

February 04, 2021
+651 ko'p
2

Dunyoda eng qimmat baholanadigan za'faron vatani Kashmirda bu ajoyib o‘simlik qanday o‘stirilishi bilan qiziqdik.

 

Hindiston nazoratidagi Kashmir jahondagi eng oliy sifatli za'faron o‘stiriladigan joy sifatida tanilgan. Dunyoning eng qimmat o‘simligidan biri ekiladigan Pampore shaharchasi yaqinidagi dalalarga e'tibor bering.

 

Za'faronni dunyoning ko‘p mamlakatlarida tijorat maqsadda katta maydonlarda parvarishlashadi. Eng ko‘p yetishtiradigan davlatlar Hindiston, Eron va Ispaniyada ekiladi. Oxirgi yillarda Afg‘oniston va O‘zbekistonda ham za'faronni ekishni ko‘paytirishga harakat qilinmoqda. Biroq Kashmir za'faroni eng yaxshisi va eng qimmati hisoblanadi.

 

Za'faron ilk bor Yunonistonda ekib parvarishlangan deb taxmin qilingan. U Kashmir vodiysida yuzlab yillardan buyon yetishtiriladi. 

 

Atrofida qorli cho‘qqilar, tog‘lar bilan qoplagan za'faron dalalarini tomosha qilish uchun Kashmirga sayyohlar juda ko‘p kelishadi.

 

Pampore shaharchasi Kashmir markazidan yarim soatlik masofada joylashgan. Shaharcha atrofida minglab gektar maydonga za'faron ekiladi. Pamporeni Kashmirning za'faron shahri deb ham atashadi.

 

Ayollar za'faron changdonining tivitlarini gulidan ajratishmoqda.

 

450 gramm za'faron yig‘ish uchun 75000 dona gul kerak.

 

Za'faron foydasi haqida Ibn Sino shunday yozgan: Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo‘lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo‘'tadil bo‘lib, tiqilmalarni ochadi. Hidlanishni tuzatib, ichki a'zolarni kuchaytiradi. Za'faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi va nafas a'zolarini kuchli qiladi.

 

Shuning uchun za'faron narxi ham qimmat - 1 kilogramm quritilgan za'faron bahosi o'rtacha 2950 AQSh dollariga baholanadi.

 

Kashmirda qehva deb ataladigan za'faron choyi mashhur.

 

Qehvaning ichiga za'farondan tashqari dolchin va kardamon, shuningdek, asal va tuyilgan bodom solinadi. Bu ichimlik quvvat beruvchi va tetiklantiruvchidir.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!