about persons photo

Markazlashtirilgan usulda asal olish.

November 09, 2020
+476 ko'p
1

Yirik asalari xo‘jaliklarida asal markazlashtirilgan usulda olinadi.

Asalarichilik xo‘jaliklari maxsus asal oluvchi elektr moslama, asalli inchalarning ustini qiradigan elektropichoq va asal to‘planadigan katta hajmdagi idishlar o‘rnatiladi. Asal olishga jo‘natilayotgan asalli romlarning tepa qismiga qalam yordamida arixonaning va ari oilasining raqami yozib qo‘yiladi. Agarda xo‘jalikda asalni idishlarga quyuvchi moslama qo‘yilgan bo‘lsa, u holda asal bir yo‘la mayda idishlarga quyilib, qopqoq bilan berkitib ketiladi.

Asalli romlar uya qavatlari va yotoq uyalarda avtomashinalarga ortilib, xo‘jalik markaziga asalini yig‘ib olish uchun jo‘natiladi. Har ikkala holda ham lichinkali romlardan asal olish tavsiya etilmaydi.

Markazlashtirilgan usulda asal olinganida mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi.

Asosiy asal to‘plash davri tugaganidan keyin, uya ustki qavatlari va yotoq uyadagi ortiqcha mumkatak romlar olinib, oxirgi marotaba asali olinadi. Asali olingan romlar ari oilalariga tozalash, quritish uchun beriladi va ertasi kuni mumkatak romlar saqlanadigan bo‘sh uyalar yoki xonalarga joylashtiriladi. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!