O‘zbekiston Respublikasi “Yosh Agrotadbirkor” nomli loyihasi bilan Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondining granti sohibiga aylandi.
O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi O‘zbekiston Respublikasi “Yosh Agrotadbirkor” nomli loyihasi bilan Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondining granti sohibiga aylandi.
🌱🐝Mazkur loyihada yoshlar, xotin-qizlar va yosh oilalarning bandligini ta’minlash va tomorqadan unumli foydalanish maqsadi rejalashtirilgan bo'lib, unda yoshlar o‘rtasida o‘z xonadonlarida innovatsion tomorqa xo‘jaligi va asalarichilik sohalari joriy qilinishi keng targ‘ib qilinadi, hamda ularni sohalardagi bilimlarini oshirish va o‘z innovatsion tomorqasida asalarichilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar bosqichma-bosqich, sodda va tushinarli shaklda keltirilgan maxsus elektron va video qo‘llanmalar tayyorlanadi hamda mazkur tomorqa xo‘jaligida asalarichilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatiladi. Tayyorlangan videoroliklar OAV va televideniyalar orqali aholiga, jumladan, yoshlarga yetkazib beriladi. Natijada yoshlar va yosh oilalarning o‘z uyida bandligi ta’minlanadi, tomorqadan unumli foydalaniladi, ekologiyaga foyda olib keladi va doimiy daromadga ega bo‘ladi.