O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
II-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish
20-modda. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
——————————————————————
Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.
Manba: Lex.uz