O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.
V-bob: Fermer xo'jaligini tashkil etish
27-modda. Fermer xo‘jaligiga soliq solish
——————————————————————
Qonun hujjatlariga muvofiq fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘laydi.
Fermer xo‘jaligining foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin fermer xo‘jaligi boshlig‘ining tasarrufiga o‘tadi va unga soliq solinmaydi.
Manba: Lex.uz