about persons photo

O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.

November 21, 2020
+2 ko'p
1

VI. Yakunlovchi qoidalar

29-modda. Fermer xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash

——————————————————————

- Davlat fermer xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

- Davlat organlari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari shart.

- Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

- ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo‘lmagan hududda fermer xo‘jaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurishni, suv bilan ta’minlashni, gazlashtirishni, telefonlashtirishni, radiolashtirishni, yer tuzishni, yerlarni melioratsiyalashni) amalga oshiradilar;

- fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam ko‘rsatadilar;

- fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashadilar;

- foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;

- fermer xo‘jaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga ko‘maklashadilar;

- qishloq xo‘jalik ekinlarining navli urug‘lik hamda ko‘chatlari, organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona o‘tlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek texnikaviy xizmat ko‘rsatadilar;

- qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga ko‘maklashadilar;

-zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek omixta yem sotib olishda ko‘maklashadilar;

- fermer xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar;

- fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadilar; noqishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermyerlarni rag‘batlantiradilar konsalting, axborot yo‘sinidagi va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatadilar.

Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari fermer xo‘jaliklariga ham tatbiq etiladi.

 
 
 
 
 
 

Manba: Lex.uz

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
Unumdor tuproqlar 100 yil ichida yer yuzida yo'q bo'lib ketishi mumkinmi?

VI. Yakunlovchi qoidalar

29-modda. Fermer xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va...

O'zbekiston Yangiliklari  -   11.23.2020
+ 4 ko'p
1
image news
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikda marketing xizmatini tashkil etish va uning afzalliklari

VI. Yakunlovchi qoidalar

29-modda. Fermer xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va...

O'zbekiston Yangiliklari  -   11.23.2020
+ 0 ko'p
1
image news
O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.

VI. Yakunlovchi qoidalar

29-modda. Fermer xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va...

O'zbekiston Yangiliklari  -   11.21.2020
+ 2 ko'p
1