about persons photo

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar miqdori ma’lum qilindi

February 10, 2021
+557 ko'p
1
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar miqdori ma’lum qilindi

AOKAda o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov quyidagilarni ma’lum qildi:

2021-yilning 1-yanvar hisobotiga ko‘ra Yer nazoratchilar tomonidan aniqlangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish respublika bo‘ylab 49 594 holatda jami 11 284 gektar maydonni tashkil etadi. Jumladan:

  • suvli ekin yerlar — 6 074 gektar;
  • lalmi ekin yerlar — 1 352 gektar;
  • ko‘p yillik daraxtzorlar — 422 gektar;
  • yaylov va pichanzorlar — 1 533 gektar;
  • boshqa toifadagi yerlar — 1 905 gektarni tashkil etadi.

Yerlarni fuqaro va tadbirkorlar quyidagi maqsadlarda o‘zlashtirishgan:

  • Uy-joy qurish maqsadida — 3 148 gektar;
  • Noturar joy qurish maqsadida — 553 gektar;
  • Tomorqa sifatida foydalanish maqsadida — 3 364 gektar;
  • Baliq hovuzi qilish maqsadida — 580 gektar;
  • Boshqa maqsadlarda — 3 619 gektar yer maydonlari egallab olingan.

Yer nazoratchi inspektorlari tomonidan yer qonun buzilishini sodir etgan 35 715 ta shaxsga, 5 821 ta yerdan foydalanuvchi sub’yektga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan 26 094 ta holatdagi 7 329 gektar yer maydonidagi Yer qonun buzilish holati joyida bartaraf etilgan bo‘lib, bu noqonuniy egallab olingan yerlarning 53 foizini tashkil etadi

Qonunchilikda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish uchun ma’muriy jazo belgilangan bo‘lib, qonunbuzarlik turiga ko‘ra minimum BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha miqdorida jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi yoki 2-3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llaniladi.

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!