about persons photo

Ozuqa tayyorlash va asalari oilalariga tarqatish texnologiyasini tashkil etish

October 29, 2020
+540 ko'p
1

Asalari oilasi kuzda tekis va atrofda erta bahorda gullab, gulchang hamda sharbat ajratuvchi o‘simliklar bor joylarga joylashtiriladi, chunki arilar uzoq qish davomida o‘z tanalarida yo‘qotgan oziq moddalarni erta bahorda gullaydigan o‘simlik gullaridan keltirilgan gulchang hisobiga to‘ldiradilar. Ari uyalari ari kiradigan teshigi quyosh chiqadigan tarafga qaratilgan holda joylashtiriladi.

Joylashtirilgan ari uyalarining orasi bir-biridan bir metr, qatorlarining orasi esa 3–4 metr bo‘lishi kerak. Ular yerdan 40–45 sm balandlikda qoziqlar ustiga o‘rnatiladi. Ob-havo isigach arilarning uchishi kuzatilganida, ular uyadan uchib chiqqanidan keyin qorin qismlari shishgan bo‘lsa, sudralib yursa hamda orqa ichaklarini uya ichida bo‘shatib yuborsalar, u holda ari oilasi qishda sifatsiz oziq bilan oziqlangan, ya’ni oziqda nozematoz tayoqchalari bo‘lib, bu ichketar kasalligiga uchraganligidan dalolat beradi.

Arilar uyadan sust uchib chiqib, sekin uchsa, u holda bu ari oilasi kam sonli bo‘lganini yoki ozig‘i yetishmaganligini bildiradi. Uyalardan chiqqan arilar tartibsiz harakatlanib, biror narsasini qidirayotgandek tuyulsa, u holda ular ona arisini yo‘qotgan yoki ona arisi o‘lgan bo‘ladi.

Oilaga qachon oziq qo‘shish yoki boqish kerakligini bilish uchun asalarichi erta bahorda gullab, sharbat ajratadigan o‘simliklarning gullashini kuzatishi kerak. Buning uchun bitta o‘rta kuchli ari oilasi taroziga qo‘yiladi va shu orqali arilarning sharbat keltirayotgani yoki uyadagi jamg‘arilgan oziqning iste’mol qilinayotgani tekshirib turiladi. Agar ari oilasining vazni o‘zgarmagan bo‘lsa, uholda arilar biroz sharbat keltirib o‘zlari oziqlanayotgan bo‘ladi.

Agar ari oilasining vazni o‘zgargan bo‘lsa, u holda ari oilasi sharbat keltirib, oziq miqdorini jamg‘arib ko‘paytirayotgan bo‘ladi. Asalarichilar yuqoridagi ikkala holda ham asalarichi ari oilasiga asal, shakar, sharbat bermaydi.

Ayrim paytlarda bahorda gullaydigan o‘simliklar shunchalik ko‘p sharbat beradiki, arilar hamma bo‘sh inchalarga sharbat quygani uchun, ona ari tuxum qo‘yishiga joy ham qolmaydi. Bunday paytda ona ari tuxum qo‘yishini tabiiy cheklab qo‘yadi. Mana shunday holat yuzaga kelmaslik uchun, tabiatdan kuchli sharbat kelish davrida ari uyalariga ichki hajmini kengaytirish maqsadida bo‘sh mumkatak inchali romlar qo‘yiladi. Kuchli ari oilalariga vaqtincha magazin qavatlari yoki qo‘shimcha qavatlar qo‘yib, uyaning hajmi kengaytiriladi.

Tabiatdan sharbat kelmagan paytda, arilar uyalaridagi tayyor jamg‘arilgan oziqni iste’mol qilib, uning o‘rnini vaqti-vaqti bilan uyaaning ichki hajmi kengayayotgan vaqtda to‘lg‘azib turadi. 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!