about persons photo

Quyonni qishda bolalatish

November 09, 2020
+480 ko'p
1

Keng va shinam quyonxona, qulay kataklar, pichan va yem-xashakning yetarlicha zaxirasi bo‘lsa, qish oylarida ham quyonchalarga ega bo‘lish mumkin. Qishda tug‘ilgan bolalar yaxshi rivojlanadilar, yozda tug‘ilgan qarindoshlariga nisbatan kasallikka kam chalinishlari bois pishiqroq bo‘ladilar.

Quyonni qishda bolalatishga tayyorgarlik yanada astoydil bo‘lishi, katak tug‘ruqxonasining poli va ichki devorlari issiq tutuvchi material bilan qoplanishi lozim.

Buning uchun uzunligi 90-100 sm, yo‘g‘onligi 8-10 mm keladigan tol novdalari yoki metall chiviqlar yoxud fanera tilimlarini tayyorlab, ularni yoy kabi bukish, uchlarini tug‘ruqxona poliga yotqizilgan pol-panjara reykalariga har 5-10 sm oraliqda tirab ishonchli o‘rnatish lozim. Hosil bo‘lgan arka ustiga somon to‘shak tashlanadi. Kirish eshigi ham issiq saqlovchi material bilan qoplanadi. Arka ichiga esa qalin to‘shama solinadi. Natijada bunday katakning chaylasi ichidagi issiq qishning ayoz kunlarida ham saqlanib qoladi. Agar havo harorati – 200S ga qadar tushib ketishi kutilayotgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan quyonchalarni asrash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish lozim. Buning uchun ko‘p yillar sinovidan ishonchli o‘tgan sun'iy uya deb atalgan usul mavjud (15- rasm).

Yerga atayin qazilgan xandaqning devorlari yupqa taxta yoki shifer bilan mustahkamlanib, ichiga tug‘ruqxona uchun mo‘ljallangan yashik joylashtiriladi. Yashik atrofiga esa keramzit, shisha-paxta, qipiq yoki somon to‘shakka o‘xshash material zich joylashtirilib isitiladi va xandaq-uya ustiga qora qog‘oz tashlanib, yopiladi.

Ushbu xandaq-uya yuqoridagi katak bilan 18x18 sm li kapantaxtadan tayyorlangan quvur-so‘qmoq vositasida bog‘lanadi.

Quvur-so‘qmoqning ichki tomonidagi quyi taxta yuzasiga urg‘ochining35 so‘qmoqda yurishini osonlashtirish uchun 10x20 millimetrli reykalar qoqib chiqiladi. Katakni tug‘ruqxona uchun mo‘ljallangan xandaq-uya bilan bog‘lab turuvchi quvur-so‘qmoq 30-450 burchak hosil qilingan tarzda mahkamlanadi. Urg‘ochi bunday sun'iy uya ichida bezovta bo‘lmay bolalaydi. Hatto qahraton sovuq kunlarda ham uya ichida harorat musbat saqlanib qoladi. Yoz jaziramasida esa salqin bo‘lib, quyonchalarni quyoshning salbiy ta'siridan saqlaydi.

Caption

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!