
Samarqandda “Yosh fermerlar innovatsion markazi” ochildi.
O'zbekiston yosh Fermerlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Germaniyaning "German Sparkassenstiftung" tashkiloti bilan hamkorlikda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Yosh fermerlar innovatsion markazi” ish boshladi.
Markaz ochilishida O'zbekiston yosh Fermerlar Kengashi raisi Mahmud Inoyatov, viloyat hokimining o'rinbosari Xurshid Ochilov va boshqarma boshlig'i Husan Tuxtayev hamda Germaniyada jamg'arma kassalari fondi uzoq muddatli eksperti va hududiy vakili Matias Vangler ishtirok etdi.
Markaz faoliyatini yo'lga qo'yishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning bugungi rivojlanish jarayonini qo‘llab – quvvatlash, xususan, qishloq joylardagi agrar sektorga daxldor yosh fermerlar, dehqonlarning “iqtisodiyot va moliya, shuningdek, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sarmoya jamg‘arish, tejash, investitsiya” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki savodxonligini oshirishdan iboratdir.
