about persons photo

So'yish va teriga dastlabki ishlov berish

November 10, 2020
+24 ko'p
1

Quyon yaxshi semirtirilib so‘yilsa go‘shtining vazni tirik vaznining 60-65% qismini tashkil etadi. Noyabr oyida quyonlarni saralab so‘yishga kirishish mumkin. Buning uchun dastavval teri quritishga mo‘ljallangan qoliplarni tayyorlab olish kerak (17- rasm).

Quyonlarni saralab so‘yishga kirishilayotganda ularning semizligi va mo‘ynalarining holatiga e'tibor berish kerak. Qo‘l yung o‘sayotgan tomonga qarshi yuritilganda momiq to‘kilmasligi, teri rangli bo‘lganida ham mo‘ynaga puflanganda bir tekisda, to‘q dog‘larsiz ko‘rinishi darkor.

Quyon quyidagi izchillikda so‘yiladi: bir qo‘l bilan orqa oyoqlaridan ushlab ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan esa rezina shlang kiydirilgan metall tayoq bilan boshining orqasiga kuchli zarba berilib, harakatsizlantiriladi (18- rasm). Agar zarba yetarlicha kuchli berilgan bo‘lsa, jonivorning burni va quloqlaridan qon otilib chiqishi kerak, aks holda zarbani takrorlash yoki pichoq uchi bilan quyon ko‘zlarini o‘yib olish yoki burun to‘sig‘ini kesib tashlash kerak bo‘ladi;

qon oqib to‘xtagach, orqa oyoqlar 30 sm ga yirilib, ensiz taxtaga osib qo‘yiladi, ayni paytda orqa oyoqlari yuqoriga qilib osilgan quyonning tanasi (dumi) yelkalaringiz qarshisiga to‘g‘ri kelib qolishi kerak;

yerga, tana ostiga suvqog‘oz to‘shalib, ichki organlar va chiqindilar uchun tog‘ora qo‘yiladi;

o‘tkir pichoq bilan (biri teri shilish, ikkinchisi go‘sht nimtalash uchun ikkita pichoq bo‘lgani ma'qul) avval oyoqlarning sakratuvchi bo‘g‘inlari aylanasi kesiladi, so‘ngra ushbu aylanalardan boshlab orqa teshik tomon chot terisi kesiladi;

shundan so‘ng teri, bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan tortilib, ehtiyotkorona shilib olinadi;

teri oyoqlar va dum ustidan ajratilgach, go‘yo paypoq yechilgani kabi tanadan shilib olinadi;

pichoq bilan muloqot qilishda, ayniqsa oldingi oyoqlar yaqiniga yetib kelganda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda teri kesilib, navi pasayadi;

tajribali quyonboqar pichoqdan faqat oyoqlar va bosh ustidan terini ajratish mobaynidagina foydalaniladilar;

oldingi oyoqlar terisi shilib olingach, boshdagi terini shilib olishga xalal bermasligi uchun yuqoriga tortib qo‘yiladi;

quloqlarga yaqin qolganda ularning tog‘ayi qirqiladi va ish davom ettiriladi;

quloq tog‘aylari kesib tashlangach, shilib olingan teri qolipga tortib kiydiriladi. Ayni paytda terini qolipga juda tarang tortishga intilmang, aks holda mo‘yna yirtilib ketishi mumkin;

teri qolipga kiydirilgan holatda ishonchli turishi uchun orqa oyoqlar terisining uchi yirilib, qolipga bog‘lanadi va qurishi uchun osib qo‘yiladi; shundan so‘ng tanani nimtalashga kirishiladi; dastavval oldingi oyoqlar tirsaklari so‘ngra bosh kesiladi.

Agar quyon go‘shti savdo muassasalariga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa boshi bilan orqa oyoqlardan biri kesilmaydi.

http://yoshfermer.uz/storage/posts/November2020/image--040.jpg
Caption
Caption
Caption
Caption

 

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!