
Surxonlik tashabbuskor fermer yoshlar diqqatiga!
“Agrotransformatsiya” loyihasining navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati!
Samarali faoliyat olib borayotgan yosh fermerlar faoliyatini ommalashtirishni, ularning xo’jaliklarini rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilgan “Agrotransformatsiya” loyihasining seminar treninglari endi Surxondaryo viloyatida bo’lib o’tadi.
Uchrashuvlarda yosh fermerlarning muammolari va ularning savollari agrobiznes ekspertlari tomonidan qizg'in muhokama qilinadi.
Agrotransformatsiya loyihasi yosh fermerlar malakasini oshirishga, ularga mahalliy va xalqaro darajadagi bilimlarni ulashishga yordam beradi!
