• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • USAID O‘zbekistonda agrobiznes rivojiga ko‘maklashish maqsadida xususiy korxonalar o‘rtasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qiladi
about persons photo

USAID O‘zbekistonda agrobiznes rivojiga ko‘maklashish maqsadida xususiy korxonalar o‘rtasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qiladi

June 25, 2021
+254 ko'p
1

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etib, xususiy mahalliy agrosanoat korxonalari o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymat zanjirini yanada rivojlantirish, savdo ko‘lami va hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, hamda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirishga qarataligan biznes g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi.

Jamg‘arma qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarda yangi texnologiyalarni joriy etishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu orqali ularning o‘sishiga ko‘maklashadi. Agrosanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonga o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, mintaqaviy hamda xalqaro savdo hajmlarini oshirish imkonini beradi. USAID yuqoridagi mezonlarga javob berishi mumkin bo‘lgan, hususan ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalardan biznes g‘oyalar bo‘yicha takliflarni kutib qoladi.

Ushbu tashabbus USAIDning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan besh yillik Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha tanlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun butun qiymat zanjiri bo‘ylab qo‘shimcha qiymat yaratish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida xususiy sektor rivjolanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Mazkur tadbirlar O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat qo‘shilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sohaga xotin-qizlar va yoshlarni jalb etish, ta’lim muassasalari va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash va qishloq xo‘jaligida maqbul siyosat yuritishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Arizalar 2021-yilning 16-iyul sanasigacha qabul qilinadi. Tanlov konsepsiyasi va biznes g‘oyalar bo‘yicha takliflaringizni kiritish uchun ariza namunasini quyidagi havola (https://drive.google.com/drive/folders/1bEtmhFBSd0RRFpkzmHAGB4nb3bV15PJv?usp=sharing) orqali yuklab olishingiz mumkin.

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va mintaqaviy savdoni oshirish, salomatlik uchun jiddiy xavf-xatarlar, jumladan COVID-19ni bartaraf etish, hukumatning aholi ehtiyojlariga oqilona yondashish salohiyatini oshirish yo‘lida hamkorlik qiladi. Dastur to‘g‘risida batafsil ma’lumot: https://www.usaid.gov/uzbekistan saytida.

 

Qisqa so'zlar bilan aytganda,

🧩 AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida biznes g‘oyalar tanlovini e'lon qildi.

❗️ Kelib tushadigan loyihalar quyidagi mezonlarga 

qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymat zanjirini rivojlantirish;

✅ savdo ko‘lami va hajmini oshirish;

✅ aholi bandligini ta’minlash;

✅ yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirishga

qarataligan bo'lishi lozim.

 

📌 Arizalar 2021-yilning 16-iyulgacha qabul qilinadi.

 

Tanlov konsepsiyasi va biznes g‘oyalar bo‘yicha takliflaringizni kiritish uchun quyidagi havolaga o'tasiz:

👉🏼 https://bit.ly/3wXwj79

 

Yosh fermerlar, yaxshi g'oyalaringiz bo'lsa, mana Sizga imkoniyat, harakat qilib ko'ring, balki omadingiz chopib qolar.

 

Dastur to‘g‘risida batafsil ma’lumot:

👉🏼 https://www.usaid.gov/uzbekistan 

 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!

image news
USAID O‘zbekistonda agrobiznes rivojiga ko‘maklashish maqsadida xususiy korxonalar o‘rtasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qiladi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobizn...

Agro  -   06.25.2021
+ 254 ko'p
1
image news
Germaniya tajribasi Oqqorg'onda!

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobizn...

Agro  -   06.25.2021
+ 201 ko'p
2
image news
Bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan yangi korxona shug‘ullanadi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida Agrobizn...

Agro  -   04.19.2021
+ 368 ko'p
4