about persons photo

"Ona yer yoshlar qo'lida"

Yakunlangan - October 23, 2020
+613 ko'p
1
2017-yilning 25-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Ona yer yoshlar qo‘lida” shiori ostida O‘zbekiston yosh fermerlarining Respublika forumi o‘tkazildi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh fermerlarni birlashtirgan holda ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, yosh fermerlarning erishgan yutuqlarini ommalashtirish, ular faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish va yechimi yuzasidan aniq maqsadli tadbirlar belgilash, yutuqlarga erishgan ilg‘or fermerlarning tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.
Forumda Republikamizning barcha tumanlaridan 600 dan ortiq yosh fermerlar, sohaga oid 15 dan ortiq tashkilotlar va tijorat banklari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi ishtirok etdi.